So’nggi yangiliklar

23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионатларининг амалдаги ғолиблари Анталияда баҳс ўтказишади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2

EVRO-2016da poyga: "MERCEDES-BENZ" vs "FERRARI" Yangiliklar

EVRO-2016da poyga: "MERCEDES-BENZ" vs "FERRARI"

"MERCEDES-BENZ" avtomobili Germaniyada ishlab chiqariladi, "FERRARI"ga esa Italiyada asos solinganidan xabaringiz bor.


Franciyaning Bordo shahridagi "Stad-de-Bordo" stadionida bugun "poyga" ishqibozlari uchun juda qiziqarli to'qnashuv bo'lib o'tadi.

Germaniyalik "poygachi" Yoaxim Lyov o'zining "MERCEDES-BENZ" rusumli avtomobilida, italiyalik "haydovchi" Antonio Kontening "FERRARI"si bilan EVRO-2016 musobaqasining yarim final finishiga kim birinchi etib kelishi borasida musobaqalashadi.

"Poyga" oldidan kimdir "MERCEDES-BENZ"ga ishonayotgan bo'lsa, bazilar "FERRARI"ning tezligiga shubha qilishmayapti.

Yoaxim Lyovning "MERCEDES-BENZ"ni ancha qulay, shinam va kerakli jixozlar bilan bezatilgan. Tabiiyki "MERCEDES-BENZ" haydashni hamma orzu qiladi. Lekin bu rusumdagi mashinaning ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari va injiqliklari mavjud. Har qanday "haydovchi" ham "MERCEDES-BENZ"dan to'g'ri foydalanishni uddalolmaydi.

Kontening "FERRARI"si esa o'zining yuqori tezligi bilan mashhur. Ushbu avtomobil asosan poygalarda etakchi, tenggi yo'q mashina.

"MERCEDES-BENZ"ni "FERRARI"dan qulaylik tomoni shundaki, bu mashinani istalgan joyda, katta-katta tadbirlar-u, to'y marosimlarida minib borsa bo'ladi. Ancha ko'rkli, chiroyli va dabdabali. Poygalarda ham uyaltirib qo'ymaydi. Lekin tezlik borasida katta-katta "poyga"larda nuqul "FERRARI"dan engilib yuradi.

Bu gal "MERCEDES-BENZ"ni "haydovchisi" yana o'sha to'rt yil avvalgi Yoaxim Lyov, ha o'sha "FERRARI"dan yutqazgan "shofyor".

Farqi shuki, bu gal "MERCEDES-BENZ" mashinasi "marka"si yangilangan, kerakli jihozlar bilan bezatilib, "motori" kuchaytirilgan. "Haydovchisi" Yoaxim Lyov ham ikki yil avval "Formula1"da jahonda tengi yo'q deb topilgandi. Yani haydovchining ham tajribasi yanada oshgan, kamiga mashina kuchaytirilgan.

"FERRARI" esa ancha eskirgan, kamiga "motori" tamirtalab bo'lib qolgan. Balonlari ham ancha yurib qo'ygan, eski. Lekin "haydovchi"si o'zgargan. Rulda Antonio Konte.

Ushbu "poygachi" hozirgacha juda katta tezlikda masofani birpasda bosib o'tdi. Ko'pchilik uning bu iqtidori va natijalaridan hayratda. Garchi tamirtalab bo'lib qolgan "FERRARI"si bo'lsada, "MERCEDES-BENZ" bilan bo'ladigan "poyga"da Kontening mahoratiga bo'lgan ishonch ham yuqoriladi.

Jahonning eng gigant "avtomobillari" "poygasi"da kimning g'olib bo'lishi katta so'roq ostida turibdi. Taxminlar bor, yo'q emas. Ammo yaqqol favorit yo'q.

Bordoda bo'ladigan "poyga"da 90 km masofani kim birinchi bosib o'tsa, keyinchalik Marseldagi "Velodrom"da o'tadigan "poyga"da qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

Agarda 90 km masofani ikkala mashina ham bir vaqtda bosib o'tsa, unda "haydovchilar"ga qo'shimcha 30 km masofa taqdim etiladi. Unda ham g'olib aniqlanmasa, yakunda "lotoreya"ga murojaat etiladi.

Bu poygani o'tkazib yubormang!


SHahboz Beg'amov


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика