So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Evro-2016da ishtirok etadigan Osiyo klubining 5 futbolchisi Yangiliklar

Evro-2016da ishtirok etadigan Osiyo klubining 5 futbolchisi

Kecha Franciyada o'tadigan Evropa chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Osiyo qitasi klublarida to'p tepuvchi evropalik futbolchilar ham ushbu turnirda ishtirok etadi. Ularni sizga tanishtirib o'tamiz.


Dragosh Grigore ("Al-Sayliya"/Ruminiya)


Dragosh Grigore 2011 yilda ilk marotaba Ruminiya terma jamoasiga chaqirilgan. O'shanda u Buxarestning "Dinamo" klubi sharafini himoya qilar edi. Grigore milliy jamoa safida Evro-2016gacha 20ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Dragosh 2015 yilda Qatarning "Al-Sayliya" klubiga o'tadi, ammo bu terma jamoadagi ishtirokiga halaqit qilmadi.


Luchian Sanmartean ("Al-Ittihod"/Ruminiya)


36 yoshli Luchian Sanmartean terma jamoadagi debyutini 2002 yilda amalga oshirgan. Ushbu Evropa chempionati Luchian uchun ilk yirik turniri hisoblanadi. Sanmartean Evro-2008da ishtirok etmagan.

Luchian 2015 yilda Saudiya-Arabistonining "Al-Ittihod" klubiga o'tdi.


Vladimir Vayss ("Al-Garafa"/Slovakiya)


Vladimir Vayss futbolchilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi va bobosi Slovakiya terma jamoasi safida to'p tepgan. Vayss 2009 yilda "Manchester Siti"ga o'tadi. Vladimir Manchester jamoasidagi omadsiz o'yinlaridan so'ng Qatarning "Lahviya" klubiga ketadi. Ayni damda u "Al-Garafa" klubi sharafini himoya qilmoqda.


Kristian Nemet ("Al-Garafa"/Vengriya)


Qatar klubida to'p tepuvchi "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Kristian Nemet Vengriya bilan Evro-2016da ishtirok etadi. Vengriyalik "Al-Garafa" safida 10 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Nemet Vengriya terma jamoasi hujum chizig'ida "Xoffenxaym" forvardi Adam Salai va Zoltan Gera bilan birga o'ynaydi.


Burak Yilmaz ("Beyjing Goan"/Turkiya)


Burak Yilmaz yirik turnirlarda Turkiya terma jamoasining muhim futbolchilaridan biri bo'lgan.

Yilmaz shu yilning boshida Xitoyning "Beyjing Goan" klubiga ko'chib o'tgan edi. Endi u hamyurtimiz Egor Krimec bilan birga o'ynaydi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика