

Ushbu musobaqa davomida qaysi terma jamoa qanday mehmonxonada istiqomat qilishi va uning narxlari qancha ekanligi haqida tanishtirib o'tamiz.
ALBANIYA
Albaniya futbol assotsiatsiyasi Fransiyaning shimoli-g'arbidagi besh yulduzli Agapa mehmonxonasini tanladi. Ushbu binoda 45 ta nomer bo'lib, ularning ikkitasi lyuks xonalar hisoblanadi.
Bir kecha uchun narx: 190 funt


AVSTRIYA
"F" guruhida Islandiya, Portugaliya va Vengriya bilan to'qnash keladigan Avstriya terma jamoasi Mallemortdagi "Le Moulin des Vernegues" mehmonxonasida yashaydi. 97 ta yuqori darajadagi nomerlarga ega mexmonxona atrofi juda chiroyli ko'rinishga ega. 500 o'rindiqqa ega "Stad Municipal" sport kompleksi yotoqxonaga juda yaqin.
Bir kecha uchun narx: 143 funt



BELGIYA
Yevropa chempionatining yetakchilaridan biri hisoblangan Belgiya terma jamoasi "Golf du Medok" mehmonxonasiga joylashishadi. Bino golf maydoni yonida qurilgan. Ularning mashg'ulot bazasida 9 ta futbol maydoni bor va ularning 2 tasi sun'iy qoplamali.
Bir kecha uchun narx: 118 funt.


XORVATIYA
"Du Golf Barriere" mehmonxonasi sportchilar uchun xuddi jannatdek. Xorvatiya terma jamoasi istiqomat qiladigan ushbu mehmonxonada 159 ta oddiy, 11 ta lyuk nomer va golf uchun ajoyib maydon bor.
Bir kecha uchun narx: 207 funt



CHEXIYA
Chexiya terma jamoasi Tur shahrining markazida joylashgan "Clarion Hotel Chateau Belmont"da yashaydi. Mehmonxona 65 ta zamonaviy nomer, ajoyib restoran, hommom, saunaga ega.
Bir kecha uchun narx: 118 funt.



ANGLIYA
Angliya terma jamoasi Parijdan 25 mil uzoqlikda joylashgan "Auberge du Jeu Paume"ga joylashadi. Ushbu mehmonxonada 92 ta nomer bor. Yotoqxonadan 1,3 mil nariroqda "sherlar"ning mashg'ulot maydoni joylashgan.
Bir kecha uchun narx: 500 funt



FRANSIYA
"CNF Clairefontaine"da musobaqa mezboni Fransiya terma jamoasi istiqomat qiladigan bo'ldi. Jamoa shug'ullanadigan akademiya maydonlarida Nikolya Anelka, Luis Saa, Uilyam Gallas, Xatem Ben Arfa, Abu Diabi, Mexdi Benatia, Blez Matyuidi, Olive Jiru va Terri Anri kabi yulduzlar futbol sirlarini o'rgangan.
Bir kecha uchun narx: noma'lum



GERMANIYA
Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) Jeneva ko'li yaqinidagi "Ermitaj"ni egallaydi. 2010 yilda qayta ta'mirlangan to'rt yulduzli mehmonxonada 80 ta nomer bor.
Bir kecha uchun narx: 400 funt



VENGRIYA
Vengriya terma jamoasi "Terre Blanche Hotel"da qo'nim topadi. Mehmonxonada barcha sharoitlar yaratilgan.
Bir kecha uchun narx: 469 funt


ISLANDIYA
"Les Tresoms" mehmonxonasi yozda Islaniya terma jamoasini qabul qiladi. Yanvar oyida to'liq qayta ta'mirlangan binoda 52 ta nomer, 2 ta restoran va tashqi hovuzga ega.
Bir kecha uchun narx: 258 funt



ITALIYA
Italiya terma jamoasi Monpeledagi "Hotel Courtyard by Mariott"ga joylashishadi. Shaharning juda qulay joyida joylashgan mehmonxonada 123 ta nomer, 5 ta majlislar zali mavjud.
Bir kecha uchun narx: 106 funt



SHIMOLIY IRLANDIYA
Shimoliy Irlandiya terma jamoasi to'rt yulduzli "Chateau de Pizay" mehmonhonasida qo'nim topishadi. O'rta asrlarda qurilgan saroy antikvar xonalarga ega va atrofi bog' bilan o'ralgan.
Bir kecha uchun narx: 212 funt.


POLSHA
Germaniya, Ukraina va Shimoliy Irlandiya bilan bir guruhdan o'rin olgan polshaliklar "Hotel Hermitage Barriere"ga joylashishadi. Mehmonlarga 184 ta oddiy va 16 ta lyuks nomer xizmat ko'rsatadi.
Bir kecha uchun narx: 150 funt.



PORTUGALIYA
Krishtianu Ronaldu va uning jamoadoshlari "Domaine de Bellejame"da qo'nim topishadi. 79 ta nomerga ega mehmonxonada deyarli barcha sharoit yaratilgan.
Bir kecha uchun narx: noma'lum



IRLANDIYA
"Trianon Palace Versailles"ga joylashadigan Irlandiya terma jamoasi Yevropa chempionatida Italiya, Belgiya va Shvetsiya bilan bir guruhda o'ynaydi. 4 yulduzli mehmonxonada 199 ta nomer mavjud.
Bir kecha uchun narx: 211 funt.



RUMINIYA
"Chateau Hotel Mont Royal" deb nomlangan 5 yulduzli mehmonxonaga Ruminiya terma jamoasi joylashadigan bo'ldi. XIX asrda qurilgan qasrda deyarli barcha sharoitlar yaratilgan.
Bir kecha uchun narx: 274 funt.


ROSSIYA
Rossiya terma jamoasi 110 ta nomerga ega "Hotel Renaissance Hippodrome Saint Cloud" mehmoni bo'ladi. Mehmonxona yonida otchopar joylashgan.
Bir kecha uchun narx: 246 funt.



SLOVAKIYA
"Vichy Spa Hotel les Celestins" mehmonxonasi Slovakiya terma jamoasi a'zolariga xizmat ko'rsatadi.
Bir kecha uchun narx: 153 funt.



ISPANIYA
Yevropaning amaldagi chempioni Ispaniya terma jamoasi "Hotel Atalante Relais Thalasso and Spa"ga joylashishadi. Visente del Boske shogirdlari suv harorati 32 darajaga yetishi mumkin bo'lgan dengiz yonida dam olishadi.
Bir kecha uchun narx: 193 funt.



SHVETSIYA
Shvetsiya futbol terma jamoasi "Chateau des Tourelles"ni tanladi. Zlatan Ibragimovich va uning jamoadoshlari 105 ta nomerga ega, hovuzi 32 darajagacha isitilishi mumkin bo'lgan mehmonxonada istiqomat qilishadi.
Bir kecha uchun narx: 180 funt.



SHVEYTSARIYA
Shveytsariya terma jamoasi Fransiya janubida joylashgan eng arzon "Vichy Spa Hotel Montpellier Juvignac" mehmonxonasida yashaydi. Bu yerda deyarli barcha sharoitlar mavjud.
Bir kecha uchun narx: 86 funt.



TURKIYA
Turkiya "Hotel Dolce Frégate Provence" mehmonxonasini band qilishgan. Ular Yevropa chempionatida Xorvatiya, Chexiya va Ispaniya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
Bir kecha uchun narx: 204 funt.



UKRAINA
Ukraina terma jamoasi yangi 5 yulduzli "Hotel Rennaissance Aix-en-Provence"ni egallaydi. 133 ta nomerga ega mehmonxonada SPA markaz, basseyn, parli banya va fitness markazlari bor.
Bir kecha uchun narx: 131 funt.



UELS
O'z tarixida ilk marotaba Yevropa chempionatida qatnashadigan Kris Koulman shogirdlari "Novotel Thalasso Dinard" mehmonxonasida yashashadi. 30,000 kvadrat metr joyni egallagan mehmonxonada 173 ta xona, sog'lomlashtirish markazi, hammom va hovuz mavjud.
Bir kecha uchun narx: 129 funt.






