EVRO-2016. Gollar shousida kuchlar teng yoxud Vengriya - Portugaliya 3:3
22 iyu 2016 23:00
Yangiliklar
EVRO-2016. Gollar shousida kuchlar teng yoxud Vengriya - Portugaliya 3:3
Uchrashuvning 18-daqiqasida hisob ochildi. Burchak to'pidan so'ng Nani to'pni qaytardi, jarima maydoni yaqinida turgan
Zoltan Gera to'pni ajoyib tarzda darvozaga joylab qo'ydi 1:0.
Birinchi bo'lim oxirida Krishtianu Ronalduning pasidan so'ng Nani jarima maydoni ichiga kirib borib
chap oyoqda Kiray qo'riqlayotgan darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga
oldi - 1:1.
Ikkinchi bo'lim boshida Djudjak belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, to'p jonli devordagi Andre Gomeshga tegib darvozaga kirib ketdi - 2:1.
Oradan ikki daqiqa o'tgach O'ng qanotdan Joau Mariu tomonidan uzatilgan to'pni Ronaldu tovoni bilan darvozaga yo'lladi - 2:2. SHedevr!
55-daqiqada Djudjak jarima to'pini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi, yana Djudjak to'pni egallab chap oyog'i bilan kuchli zarba yo'llab dublga erishdi - 3:2.
Uchrashuvning 62-daqiqasida chap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Ronaldu boshi bilan Kiray darvozasiga yo'lladi - 3:3.
Evro-2016. "F" guruhi, 3-tur.
VENGRIYA - PORTUGALIYA 3:3
MATNLI TRANSLYACIYA
22 iyun. Lion. "Stad-de-Lion" stadioni.
Hakam - Martin Atkinson (Angliya).
Gollar: Gera 18, - 1:0. Nani 41, - 1:1. Djudjak 47, - 2:1. Ronaldu 49, - 2:2. Djudjak 55, - 3:2. Ronaldu 62, - 3:3.
Vengriya - Gabor Kiray, Mixay Korxut, Roland Yuxas, Richard Guzmich, Adam Long, Adam Pinter, Zoltan Gero, Akosh Elek, Gerge Lovrenchich (SHtiber, 81), Balaj Djudjak (s), Adam Salai (Nemet, 70)
Portugaliya - Ruy Patrisiu, Elizeu, Rikardu Karvalyu, Pepe, Vieyrinya, Joau Mariu, Joau Moutinyu (Renato Sanshesh, 46), Villyam Karvalyu, Andre Gomesh (Kuarejma, 61), Nani (Danilo, 80), Krishtianu Ronaldu (s)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar