So’nggi yangiliklar

20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  0 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  0 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  3 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  0 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13 16:25Расман: Сидиқов "Қўқон-1912"га қайтди  3 16:07"Манчестер Юнайтед" Бундеслигада ишлаётган мураббийни кузатмоқда. У аввалроқ "Челси" шорт-листида бўлган  2 15:39Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  14 15:07Элдор Шомуродов: "Ҳозир фақат "Истанбул Башакшеҳир" ҳақида ўйлаяпман"  8 14:39"Сурхон" олдига чемпионлик вазифаси қўйилди  21 14:17Браим Диас Африка Кубоги финалидаги мағлубиятдан сўнг узр сўради  3

EVRO-2016. CHorak final ramziy terma jamoasi Yangiliklar

EVRO-2016. CHorak final ramziy terma jamoasi

Kecha Evro-2016da chorak final bahslari o'z yakuniga etdi va barcha yarim finalchilar malum bo'ldi.

Odatimizga ko'ra saytimiz chorak finalda o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.



Darvozabon
Janluiji Buffon (Italiya)


Darvozaga Noyer va Buffon nomzodidan birini tanlashda juda qiynaldik. Ikkala posbon o'zaro o'yinni ajoyib o'tkazishdi. Biroq yakunda Janluiji Buffonni tanlashga qaror qildik. Buyuk darvozabon ko'zida yoshlar bilan musobaqani tark etdi. Agar italiyaliklar penaltilarni aniq tepishganida Buffon yarim finalga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lardi.



Himoyachilar
Eshli Uilyams (Uels)
Leonardo Bonuchchi (Italiya)
Pepe (Portugaliya)
Mats Xummels (Germaniya)


Uels terma jamoasi sensacion tarzda Belgiya ustidan irodali tarzda g'alaba qozondi. 0:1 hisobida yutqazayotgan paytda Uels sardori Eshli Uilyams gol urib jamoasi ruhiyatini ko'tarib yuborgani bor gap.

Italiyalik Leonardo Bonuchchi butun musobaqa davomida juda ajoyib o'ynadi. Germaniya bilan bahsda faoliyatidagi birinchi penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi.

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe Polsha bilan bahsda yaxshi harakat qildi. Futbolchi raqib hujumlarini qaytarishda ancha faol bo'ldi.

Germaniyalik Mats Xummels italyanlarning hujumchilariga gol urish imkoniyatini bergani yo'q. Faqat penaltidan Bonuchchi to'p kiritdi xolos. Penaltilar seriyasida esa Xummels Buffon darvozasini ishg'ol qildi.




Yarim himoyachilar
Aaron Remzi (Uels)
Antuan Grizmann (Franciya)
Renato Sanshesh (Portugaliya)


Uels yarim himoyachisi Aaron Remzi yarim finalda o'ynay olmaydi. Biroq chorak finalda Remzi jamoasi uchun barcha ishni qilib berdi. Aynan u ikkita golga hammualliflik qildi. Aytganimizdek sariq kartochkalar tufayli futbolchi Portugaliya bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.

Franciyalik Antuan Grizmann kecha Islandiya bilan bahsda gol urdi va ikkita golli pas oshirdi. Grizmann 4ta gol bilan musobaqa to'purariga aylanib oldi.

Portugaliyalik yosh yarim himoyachi Renato Sanshesh EVRO-2016ning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga asosiy davogar hisoblanmoqda. U Polsha bilan bahsda ilk bor o'yinni boshlang'ich tarkibda boshladi va gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Hujumchilar
Robert Levandovski (Polsha)
Xel Robson Kanu (Uels)
Olive Jiru (Franciya)


Polsha terma jamoasi yulduzi Robert Levandovski chorak finalda bu musobaqadagi o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazdi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Portugaliya terma jamoasi darvozasini ishg'ol qildi. Uning goli Evro-2016dagi eng tez, barcha Evropa chempionatlarida esa eng tez ikkinchi gol bshhldi.

CHorak finalning kashfiyoti bu uelslik hujumchi Xel Robson Kanu bo'ldi. Sababi ushbu futbolchi Belgiya darvozasiga shedevr gol urdi. Uning finti butun dunyo telekanallarida namoyish etildi. Erkin agent bo'lgan Robson Kanuga davogar klublar qatorlashib ketdi.

Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Islandiya bilan bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi va yarim finalga chiqishga katta xissa qo'shdi. Bundan tashqari Grizmannga chiroyli golli uzatmani amalga oshirdi.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика