So’nggi yangiliklar

10:45Испания футболи афсонаси "Ал Насср"га кўчиб ўтишга яқин  2 10:21Бугун ўсмирларимиз халқаро ўртоқлик турнирининг иккинчи туринида майдонга тушишади  0 09:55Sofascore. Алиқулов энг зўри, Турғунбоевчи?  3 09:31Абдуқодир Ҳусанов бугун ўтказиладиган "Анже" – "Ланс" учрашуви қайдномасига киритилдими?  1 09:03Mағлубият кечирилмади! "Ал Насср" раҳбарияти мураббийни ҳайдаб юборди  6 08:36"Байер" эртаги давом этади. Алонсо жамоаси тарихда илк бор Суперкубокни қўлга киритди  4 08:13Суперлига. Бугун Тошкентда дерби, "Бобур Арена"да "Андижон" "Сурхон"ни меҳмон қилади  3 07:25А Серия. "Милан" сўнги дақиқаларда камбек амалга оширди, Мората "Милан"даги биринчи голини урди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  4 06:50ЛаЛига. "Валенсия" - "Барселона" 1:2, Ямалдан ассист, Левандовский иккита урди   0 06:45Туркия Суперлигаси. "Адана Демирспор" - "Ризеспор" 1:2, Алиқулов бурчак зарбасини голга айлнатирди  6 02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  21 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  13 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  14 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  4 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  6

EVRO-2016. 3-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

EVRO-2016. 3-tur ramziy terma jamoasi

Teglar :  EVRO-2016
Evropa chempionatining 3-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing.

Darvozabon: Andreas Isaksson (SHveciya)



Ramziy terma jamoa darvozasiga SHveciya terma jamoasi darvozaboni Andreas Isakssonni qo'ydik. Uchinchi turda SHimoliy Irlandiyadan Maykl Makgovern nemislarning anchagina zarbalarini qaytardi, xorvatiyalik Daniel Subashich Ramosning penaltisini qaytargan bo'lsada, biz Isakssonni tanladik. Garchi SHveciya mag'lubiyatga uchrab musobaqani tark etgan bo'lsada Belgiyaga qarshi bahsda Isaksson o'yindagi eng yaxshi ikki futbolchidan biri bo'ldi. U Vitcel, de Bryuyne, Lukaku, Bentekelarning juda xavfli zarbalarini bartaraf etdi. Agar Nainggolanning goli bo'lmaganda kechagi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi aynan Andreas bo'lardi.

Himoyachilar:
 
Mexmet Topal (Turkiya)
Kari Arnason (Islandiya)
Nataniel Klayn (Angliya)


Dastlabki ikki turdagi mag'lubiyatdan keyin ko'pchilik Turkiyani CHexiyaga qarshi autsayder sifatida ko'ra boshladi. O'yin davomida turklar bunday emasligini isbotlashdi. Jamoa markaziy himoyachisi Mexmet Topal himoyada ishonchli o'ynash bilan birga standart vaziyatlarda raqib jarima maydonchasida o'zini ko'rsatdi va ikkinchi gol kiritilganda to'pni Tufanga qulay tarzda sirpantirib yubordi.


Avstriya terma jamoasi bilan bahsda Islandiyaning markaziy himoyachisi Kari Arnason o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Uchrashuvning 18 daqiqasida esa yon chiziqdan otib berilgan to'pni Bedvarssonga boshi bilan tashlab berdi va golga hammualliflik qildi. Bu safargi Evroda himoyachilar ko'p bor o'zlarini ko'rsatishmoqda.

Aftidan Angliya terma jamoasining eng kuchli nuqtasi o'ng qanot himoya chizig'i bo'lsa kerak. 1-turda o'ng qanot himoyaning asosiy "qiroli" Kayl Uoker ramziyimizdan o'rin olgan edi. Uchinchi turda Roy Xojson tarkibda bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi. O'ngda Uoker o'rniga o'yinni Nataniel Klayn asosiy tarkibda boshladi. "Liverpul" himoyachisi butun o'yin davomida ampluadoshidan qolishmagan tarzda hujumlarga qo'shildi. Bir vaziyatda Lallanaga juda qulay vaziyat yaratib bergan bo'lsa, boshqa holatda o'zi zarba berdi va uning yo'llagan to'pini Kozachik qaytarib qoldi. Angliyaning o'ng qanotida ikkita ajoyib himoyachisi bor, lekin chap qanot haqida bunday deya olmaymiz. CHapda Rouz ham, Bertran ham hozircha o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etishmayapti.

Yarim himoyachilar:

Garet Beyl (Uels)
Aaron Remsi (Uels)
Ivan Perishich (Xorvatiya)
Kevin de Bryuyne (Belgiya)
Balaj Judjak (Vengriya)



Rossiya terma jamoasi bilan o'yinda Uels yarim himoyachilari istaganini qildi. Remsi, Allen, Beyl ruslarga hech qanday imkon berishmadi. Beyl shu o'yinda raqiblarni ko'rdim demadi, bir harakat bilan osongina qochib ketaverdi, zarbalar beraverdi. Aaron Remsi esa xatolarsiz va "aqlli" paslar qanday bo'lishini ko'rsatib qo'ydi. "Arsenal" etakchilaridan biri gol urish bilan birga golga pas ham berdi.

Amaldagi Evropa chempioni hisoblangan Ispaniyaga qarshi bellashuvda Ivan Perishich eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Ivan dastlab Kalinichga chiroyli golli pas oshirgan bo'lsa, uchrashuv yakunlanishiga 3 daqiqa qolganda Evropa chempionatlarida oxirgi marta 2004 yil 20 iyunda Portugaliyaga yutqazgan ispanlarni mag'lub etuvchi golni kiritdi. De Xeaning yaqin burchagiga yo'llangan zarba Ispaniya terma jamoasining Evrolardagi 14 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.

Bugungi Belgiya terma jamoasining hujumdagi asosiy "kuzeri" Azar emas, Keyin de Bryuyne hisoblanadi. Hujumda juda ko'p narsa unga bog'liq, raqiblarni aldab o'tishga usta, qisqa va kesma paslari juda xavfli bo'lgan Kevin kecha ham jamoasining eng faol o'yinchisi bo'ldi. Garchi u samarali harakat qilmagan bo'lsada, maydonda eng ko'p ko'zga tashlandi.


Musobaqaning kashfiyoti bo'lgan Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Balaj Judjak Portugaliya bilan o'yinda jamoasini doimo oldinga boshlab turdi. O'zi esa ikki bor Rui Patrisiu darvozasini ishg'ol qildi. 29 yoshli sardor chap oyog'i qanchalik xavfli ekanligini pley-offdagi raqiblariga ko'rsatib qo'ydi.

Hujumchilar:

Nikola Kalinich (Xorvatiya)
Krishtiano Ronaldo (Portugaliya)



Turnir favoritlaridan biri bo'lgan Ispaniyaga qarshi o'yinda xorvatlar bosh murabbiyi Ante CHachich asosiy hujumchi Mario Manjukichga dam berdi va Nikola Kalinichni maydonga tushirdi. "Fiorentina" azosi esa o'ziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi. Jamoa mag'lubiyatga uchrayotgan bir pallada Kalinich De Xea darvozasini oyog'ining tashqi tomoni bilan zarba yo'llab ishg'ol qildi. Bellashuv yakunida esa Perishichga golli pas berdi.

Evro-2016dagi eng yorqin yulduz Krishtiano Ronaldo oldingi ikki turda darvoza tomon eng ko'p zarba bergan bo'lsada, gol urishni uddasidan chiqa olmayotgan edi. Hatto, penaltidan ham unumli foydalana olmagan Krishti so'nggi tur oldidan katta bosim ostida qoldi. Vengriya bilan o'yinda esa u barchaga haqiqiy Krishtianoni eslatib qo'ydi. Ikkita gol va bitta golli uzatma evaziga jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. Avvaliga Nanini birga-bir chiqarib yuborgan Ronaldo keyinchalik ikkita super golga mualliflik qildi. To'g'ri, uning ikkinchi goli bir qarashda bosh bilan oddiy urilgandek ko'rinadi, lekin uning havodagi harakatlari va to'pga sakrashi odatdagidek chiroyli chiqdi.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика