Evra: "MYU top-transfer amalga oshirdi"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2021, 23:15
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi "Real"dan MYUga o'tgan Rafael Varanning transferi haqida gapirdi.

"Varan menga Rio Ferdinandni yodga soladi. To'pni yaxshi nazorat qila oladi. Qisqa qilib aytganda: zamonaviy himoyachi. Uning Fransiya termasi tarkibidagi o'yinlarini ko'rib, doim ko'zim quvonadi. Yoshligidan to'pni o'zida ushlab tura olgan, juda tez va voqeliklarni his qiladi. Shu boisdan MYU top-transferni amalga oshirdi deya olaman", - dedi Evra.

27 iyul kuni "Manchester Yunayted" Varan borasida "Real" bilan kelishuvga erishganini ma'lum qilgandi. Ertaga futbolchi yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic