Evra: "Anri Jakada sardorlik bog'ichini ko'rib televizorni o'chirib qo'ydi"
14 dek 2020 18:23
Yangiliklar
Evra: "Anri Jakada sardorlik bog'ichini ko'rib televizorni o'chirib qo'ydi"
Franciya terma jamoasi va MYU sobiq himoyachisi Patris Evra "Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anrining yarim himoyachi Granit Jakaga munosabati haqida gapirdi.
"Bir voqeani eslamoqchiman. Bir marta Anrining uyiga mehmonga borganimda, "Arsenal"ni o'yinini ko'rishni xohladik. Ushbu o'yinda Jaka sardorlik bog'ichida maydonga tushdi. Buni ko'rgan Terri televizorni o'chirib qo'ydi.
Endi siz "Arsenal" afsonasining nima o'ylayotganini bilasiz. "Byornli"ga qarshi o'yinda ham Jaka o'z jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi. Muxlislar bundan allaqachon charchashgan", - deydi francuz.
Jaka kecha qizil kartochka olgan holda "Arsenal"ni qiyin ahvolga qoldirdi. Londonliklar 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar