So’nggi yangiliklar

09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  4 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  0 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  6 08:00КТС тасвирга олган ўйинда "Навбаҳор" ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мазгавой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  9 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  4 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  7 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  8 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  1 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  14 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  12 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7

Evgeniy Valickiy 89 yoshda, tabriklaymiz! Yangiliklar

Evgeniy Valickiy 89 yoshda, tabriklaymiz!

Teglar :  Evgeniy Valickiy
O'zbek futboli faxriylaridan biri, murabbiylar maestrosi Evgeniy Borisovich Valickiy 89 yoshni qarshi oldi.

Bu qutlug' sana bilan ustoz Evgeniy Borisovichni samimiy tabriklaymiz va u kishiga tinchlik xotirjamlik, sihat salomatlik tilaymiz!

Evgeniy Valickiy futbolchilik faoliyatini Toshkentning “Spartak”, “Trud” jamoalarida o'tkazgan. 1961 yildan boshlab esa murabbiylik sohasida xizmat qilib kelgan. Toshkentning SKA, “Sokol” jamoalarida tajribasini boyitdi. Aynan “Sokol” jamoasi bilan Qurolli Kuchlar kubogini qo'lga kiritgach, 1963 yilgi mavsumning “Paxtakor” stadionidagi ochilish uchrashuvida 60000 tomoshabin ko'z o'ngida Evgeniy Valickiyga “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” faxriy unvoni topshirilgan.


1964-1971 yillar oralig'ida mamlakatimizning bosh jamoasi “Paxtakor”da o'sha paytning mashhur mutaxassislari – Aleksandr Abramov, Mixail Yakushin, Boris Arkadev, Evgeniy Eliseev, Aleksandr Keller singari murabbiylariga yordam bergan va malakasini oshirgan. Malum muddat Semipalatinskning “Spartak”, Aktyubinskning “Aktyubinec” jamoalarida faoliyat yuritgach, 1981 yildan etiboran yana O'zbekistonga qaytgan va viloyat jamoalarining tiklanishida o'zining munosib hissasini qo'shgan. Jumladan, Evgeniy Borisovichning sayi harakatlari bilan “Neftyanik” (Farg'ona), “Narimanovec” (Xorazm), “Sohibkor” (Halqabod) jamoalari sobiq Ittifoq birinchiliklarida o'z o'rni, mavqeiga ega bo'lgan. Juda ko'plab shogirdlar etishtirdi. Ular orasida o'z jamoalariga sadoqat ko'rsatgan Yuriy Sarkisyan, Rustam Mirsodiqov singari mutaxassislar bor.

1990 yildan etiboran Evgeniy Borisovich o'z bilim va tajribalarini shogirdlari qalbiga chuqurroq singdirish maqsadida “SHaxtyor” (Angren), “Umid” (Toshkent), “Navbahor” (Namangan),MHSK (Toshkent), “Do'stlik” (Toshkent viloyati) jamoalarida bosh murabbiy yordamchisi bo'lib xizmat qildi. SHogirdlari bilan birgalikda O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi, sovrindor bo'ldi. Nafaqada bo'lsada sevimli kasbini tashlamadi va “Qizilqum”, “Metallurg” jamoalarida yoshlar tarbiyasi bilan shug'ullandi.

Biz Evgeniy Borisovichni barcha o'zbek futboli muxlislari, mutaxassislari hamda shogirdlari nomidan tavallud ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz va bardamlik, xush kayfiyat sizni aslo tark etmasin ustoz, deb qolamiz!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика