“Everton”ni boshqarishga nomzod ikki mutaxassis nomi malum. Vaqtincha murabbiy kim bo'lishi ham aniq
24 jan 2023 09:35
Yangiliklar
“Everton”ni boshqarishga nomzod ikki mutaxassis nomi malum. Vaqtincha murabbiy kim bo'lishi ham aniq
“Everton” Frenk Lempardni istefoga chiqargani haqida xabar berilgandi.
Uning o'rnini Marselo Belsa yoki SHon Daych egallashi kutilmoqda.
Belsa oldinroq “Lids Yunayted”da ishlagan va 16 yillik tanaffusdan keyin jamoani APLga qaytargandi. U 2022 yil fevralida qatorasiga ikki yirik (“Liverpul” – 0:6, “Tottenxem” – 0:4) mag'lubiyatdan keyin istefoga chiqarilgandi.
Daychning oxirgi ish joyi esa “Byornli” bo'lgan, jamoa hozirda CHempionshipda qatnashmoqda. U 10 yil davomida mazkur klubda ishladi va u ham 2022 yil fevralida istefoga chiqarildi. Uning qo'l ostida “Byornli” 2 bor APLga qaytgan, shuningdek, o'z tarixidagi eng yaxshi natija – 7-o'rinni egallab, Evropa Ligasida ishtirok etgandi.
“Everton”ni vaqtincha U-21 jamoasi ustozi Pol Teyt hamda U-18 jamoasi ustozi Leyton Beyns birgalikda boshqarishadi.
Fikrlar