"Everton"ga qarshi bahsdan so'ng MYU futbolchilari janjallashishdi
23 apr 2019 12:13
Yangiliklar


"Everton"ga qarshi bahsdan so'ng MYU futbolchilari janjallashishdi
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 35-turida "Everton"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, ushbu o'yindan so'ng MYU kiyinish xonasida futbolchilar o'rtasida kelishmovchilik yuz bergan. O'yinchilar mag'lubiyatda bir-birini ayblashgan. "Qizil iblislar" ustozi Ule-Gunnar Sulsher jamoa vakillari bilan yarim soat suhbat o'tkazib, ularning o'yini haqida bor gapni aytgan.
Ayni damda MYUdagi holat Joze Mourinyu davridagidan katta farq qilmaydi. Sulsher murabbiylar shtabi norvegiyalik istefoga chiqarilishidan havotirda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar