"Everton"ga boshqa murabbiy tayinlanishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 mar 2018, 19:03
"Shaxtyor" bosh murabbiyi Paulo Fonseka faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"O`Jogo" nashri xabariga ko'ra, "konchilar" bilan shartnomasi yakunlanayotgan Fonsekaga "Everton" vakillari taklif bilan chiqishgan.

Fonseka "Shaxtyor" boshqaruvini 2016 yilning yozida o'z qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa Ukraina chempionati va kubogi sohibi bo'ldi. Shuningdek, YCHLning 1/8 finaligacha yetib bordi.

Ayni damda Sem Ellardays qo'l ostidagi "Everton" APLda 37 ochko jamg'argan holda 37 ochko to'plagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: O`Jogo