"Everton" Zaa bo'yicha taklif tayyorladi. Londonliklar o'yinchini sotishga tayyor
28 iyu 2020 18:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583689_original.jpg)
![](/upload/storage/583689_220.jpg)
"Everton" Zaa bo'yicha taklif tayyorladi. Londonliklar o'yinchini sotishga tayyor
"Kristal Pelas" yozda vinger Vilfrid Zaa bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
27 yoshli futbolchi bir yil avval London klubidan ketmoqchi ekanligiga shama qilgandi, ammo o'shanda "Arsenal" va "Everton" qiziqqan futbolchini "Kristal Pelas" rahbariyati qo'yib yubormagandi.
Bu safar klub bosslari Ivuar terma jamoasi futbolchisi bo'yicha yaxshi taklif bo'lganda, uni sotishga tayyor.
Zaa joriy mavsum "Kristal Pelas" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar