Everton sobiq futbolchisi umrining oxirigacha qamoqda o'tiradi. U terma jamoa murabbiyi bo'lish uchun pora bergan
23 fev 2024 18:50
Yangiliklar
Everton sobiq futbolchisi umrining oxirigacha qamoqda o'tiradi. U terma jamoa murabbiyi bo'lish uchun pora bergan
Faoliyati davomida «Everton», «SHeffild Yunayted» va Xitoy klublarida o'ynagan, 2019-2021 yillarda Xitoy bosh murabbiyi bo'lgan. Xitoy terma jamoasi JCH-2022ga chiqish imkoniyati yo'qotilgach ishdan bo'shatilgandi.
2022 yil noyabr oyida Li Te Xitoy futbolidagi yirik korrupcion tekshiruvdan keyin qo'lga olingandi.
So'roq vaqtida u bir necha bor pora berganini tan oldi – Xitoy bosh murabbiyi bo'lish uchun ham pul berganini malum qildi. 2018 yilda Li Te milliy terma jamoani boshqarish uchun 3 million yuan (taxminan 422 ming dollar) pul bergan. Bundan tashqari Xitoy ikkinchi divizionida kelishilgan o'yinlarga aloqador ekan.
Bugun Li Te korrupciya uchun bir umrga qamoqqa hukm qilindi. Xitoy futbol Federaciyasi sobiq rahbari esa 15 yil qamoqda o'tiradi.
Fikrlar