“Everton” “Roma” futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
06 okt 2020 08:56
Yangiliklar


“Everton” “Roma” futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
Robin Olsen faoliyatini Mersisayd klubida davom ettiradi.
“Everton” klubi “Roma”dan shvetsiyalik posbon Robin Olsenni ijaraga oldi. Ijara kelishuvi 2021 yil yoziga qadar tuzilgan. 30 yoshli posbon Mersisayd klubi uchun yozgi transferlar vaqtida jamoa olib kelingan oltinchi futbolchi bo'ldi.
Robin Olsen o'tgan mavsumni ijara asosida “Kalyari” safida o'tkazdi. U jamoa safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 24 ta to'p olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar