"Everton" Raboni ijaraga olmoqchi
06 jan 2021 14:31
Yangiliklar


"Everton" Raboni ijaraga olmoqchi
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xavbek ortiq "keksa sinora" bosh murabbiyi Andrea Pirloning rejalariga kirmaydi. Adrienning yangi klubi "Everton" bo'lishi mumkin.
"Ko'klar" xavbekni joriy mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishmoqchi. Bitimda uni keyinchalik sotib olish huquqi ham bo'lishi mumkin.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar