“Everton” ketma-ket to'rtinchi g'alabaga erishib, 2-pog'onaga ko'tarildi. Keyingi raqib – “Man Siti”
27 dek 2020 07:30
Yangiliklar


“Everton” ketma-ket to'rtinchi g'alabaga erishib, 2-pog'onaga ko'tarildi. Keyingi raqib – “Man Siti”
APL 15-turi doirasida “Everton” safarda “SHeffild Yunayted”dan (1:0) ustun keldi.
Bu bilan Karlo Anchelotti jamoasi g'alabali seriyasini 4 ta uchrashuvga etkazdi va mavsum avvalidagi natijasini takrorladi. Ushbu turga qadar “Everton” “CHelsi” (1:0), “Lester” (2:0) va “Arsenal” (2:1)dan ustun kelgandi.
Ushbu g'alabalar evaziga jamoa APL turnir jadvalida peshqadam “Liverpul”dan ikki ochko kam jamg'arib, ikkinchi pog'onada bormoqda.
“Everton” navbatdagi 16-tur bellashuvida “Manchester Siti” bilan kuch sinashadi. O'yin 28 dekabr kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar