“Everton” APLda 4 yil ichida bunday natijani ilk bor qayd etdi
02 iyu 2020 09:52
Yangiliklar


“Everton” APLda 4 yil ichida bunday natijani ilk bor qayd etdi
APL 32-turi doirasida “Everton” o'z maydonida “Lester”ni 2:1 hisobida engdi.
Mersisayd klubi bu orqali o'zining APLdagi o'z uyidagi mag'lubiyatsiz o'yinlar ceriyasini 9 taga etkazdi (5 ta g'alaba, 4 ta durang).
Bu “Everton”ning “Gudison Park”dagi so'nggi 4 yildagi eng yaxshi natijasidir. Klub so'nggi bor 2016 yil aprelidan dekabriga qadar 11 ta o'yinda mag'lub bo'lmagan edi.
Ayni damda Karlo Anchelotti jamoasi musobaqa jadvalida 11-o'rinni band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar