Eurelyu Gomes: “Rednapp braziliyalik o'yinchilarni yoqtirmaydi”
04 noy 2013 22:08
Yangiliklar


Eurelyu Gomes: “Rednapp braziliyalik o'yinchilarni yoqtirmaydi”
Braziliyalik darvozabon Eurelyu Gomes, vatandoshi Julio Sezar “Kuinz Park Reynjers” klubini tezroq tark etishi kerakligini takidlab o'tdi.
“Sezar Rednapp bilan ishlaydi. Bu murabbiy bo'lsa hech ham janubiy amerikaliklarni yoqtirmaydi. Asosan braziliyaliklarni. Men u bilan “Tottenxem”da ishlaganman va menda juda ko'plab muammolar paydo bo'lar edi. Uning uchun, sen xalqaro darajadagi o'yinchimi yoki yo'qmi hech qanday ahamiyati yo'q”, - deya takidladi Gomes.

Fikrlar