Eto’Oning qizi otasining qamalishini istamoqda
04 iyu 2023 20:33
Yangiliklar
Eto’Oning qizi otasining qamalishini istamoqda
"Inter" va "Barselona" klublarining sobiq futbolchisi Samuel Eto’Oning qizi otasining ozodlikdan mahrum bo'lishini istamoqda.
2022 yilning fevral oyida sobiq futbolchi 4 yillik sud ishi jarayoni yakunlariga ko'ra, qizi Erikaga har oyda 1400 evro aliment to'lashi borasida qaror chiqarilgandi.
"U 5 yildan beri aliment to'lagani yo'q va sudning qarori noto'g'ri bo'lgan deb hisoblamoqda. Erikaning moliyaviy holati juda og'ir, Eto’O esa qizining holatiga qarayotgani ham yo'q", - dedi Erikaning advokati.
Advokatning aytishiga ko'ra, Eto’O sudlangani sababli Kamerun futbol federaciyasi prezidenti bo'lishi mumkin emas. Sobiq futbolchi Ispaniyada soliqlar to'lanishida hamda qiziga alimentlarni to'lab berishda aybdor deb topilgan.
Fikrlar