Eto′Oning "Inter"ga o'tishi qanday ro'y bergandi?
17 may 2020 23:46
Yangiliklar


Eto′Oning "Inter"ga o'tishi qanday ro'y bergandi?
Milanning "Inter" klubi sobiq hujumchisi Samyuel Eto′O 2009 yilda Joze Mourinyu uni qanday qilib "Barselona"dan "neradzurrilar" safiga ko'chib o'tishga ko'ndirganini yodga oldi.
"Mourinyu meni chindan ham ishontira olgandi. U menga "Inter"ning to'qqizinchi raqami aks etgan libos fotosuratini yubordi va shunday yozdi: "U seniki, u seni kutyapti".
Keyinroq Materacci ham menga xabar jo'natdi: "Agar "Inter"ga o'tsang, biz hamma narsani yutib olamiz".
Faoliyatim davomida bunaqasi bo'lmagandi. Ushbu xabarlar mening yakuniy qarorimda juda muhim rol o'ynagan", – dedi Kamerun futboli afsonasi La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Eto′O Milan klubi sharafini 2009-11 yillarda himoya qilib, Italiya chempionati, kubogi, ECHL va klublar o'rtasidagi JCHda zafar quchgan edi.
O’xshash yangiliklar
01:58
"Sirdaryo FA" bosh murabbiyi Abbos Maxstaliev: "Maqsadimiz – akademiya yoshlariga imkoniyat berish" 7

Fikrlar