Eto'O: "Messining "Barselona"dagi ajoyib faoliyati jirkanchli tarzda yakunlanishini kutmagandim"
26 avg 2020 02:18
Yangiliklar


Eto'O: "Messining "Barselona"dagi ajoyib faoliyati jirkanchli tarzda yakunlanishini kutmagandim"
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Samuel Eto'O hujumchi Leo Messining jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Messi - "Barselona" degani. "Barselona" - bu Messi.
Messi - "Barselona" uchun, sardordandan yuqori. U klubning yuzi, Kataloniya timsoli.
U 13 yoshida Kataloniyaga kelgandi. O'sha vaqtdan buyon u o'sha erda. Kataloniya Messining ikkinchi uyi.
Holatning tezda yomonlashib ketgani g'alati va tushunarsiz. Bartomeu esa birgina mag'lubiyat orqali bosh murabbiyni almashtirdi.
Aslida, ushbu mag'lubiyat klubda bo'layotgan ishlarning maxsuli. Bartomeu barcha aybni bosh murabbiyga to'nkab qo'ydi.
Neymar sotib yuborildi. Katta pullar evaziga futbolchilar olib kelindi. Pullarni betiga qaramasdan ishlatib tashladi.
Achinarli. Juda ham. Messining "Barselona"dagi faoliyati shunday jirkanchli yakunlanishini kutmagandim. Afsus", - dedi Eto'O.
O’xshash yangiliklar
07:26
JCH-2026 saralash. Mundial yo'llanmasini hal qilgan terma jamoamiz bugun Qatarni mehmon qiladi 4
21:27
O'rtoqlik uchrashuvi. U23 O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi 1
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19

Fikrlar