Etiborga muxtoj bolalar xolidan xabar olindi
03 dek 2018 11:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465551_original.jpg)
![](/upload/storage/465551_220.jpg)
Etiborga muxtoj bolalar xolidan xabar olindi
Kuni kecha Farg'ona viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Rasuljon Yuldashev boshchiligidagi tashkilot xodimlari viloyatdagi etiborga muxtoj bolalar xolidan xabar olishdi.
Dastlab Farg'ona “Muruvvat” nogironligi bo'lgan bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurildi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun Farg'ona futbol associaciyasi tomonidan sport liboslari va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Navbatdagi tashrif Marg'ilon shahridagi Mehribonlik uyiga yo'naltirildi. Muassasa tarbiyalanuvchilariga ham futbol to'plari hamda sport liboslari sovg'a qilindi. SHuningdek bolalar bilan muloqatga kirishgan associaciyaning birinchi vice-prezidenti Rasuljon Yuldashev yaqin orada ular uchun katta futbol musobaqalari tashkillash hamda mehribonlik uyi uchun yangi zamonaviy futbol maydoni qurilishi rejada borligini malum qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar