So’nggi yangiliklar

08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  1 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  10 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  8 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3

Etibordan chetga qolayotgan Kazemiro... Yangiliklar

Etibordan chetga qolayotgan Kazemiro...

Teglar :  Real MadridKazemiro
Futbolchining o'yiniga nafaqat maydondagi harakatlari orqali, balki uning mehnati samarasi bo'lmish statistikaga qarab ham baho berish mumkin.

Bevosita o'yinni tomosha qilganda malum sabablar bilan siz futbolchining o'yiniga obektiv baho bera olmasligingiz mumkin. Ammo, statistika aldamaydi.

 

Madridning "Real" klubi ashaddiy muxlisidan jamoa g'alabalari omili, bugungi kunda jamoaning mashhur futbolchilari kim desangiz, Krishtiano Ronaldo, Garet Beyl, Serxio Ramos, Luka Modrich, Toni Kroos, Karim Benzema... Lekin Kazemironi ko'pchilik eslamasa ajabmas. 

Aslida esa "Real" tarkibida Kazemiro bor bo'lsa, "Santyago Bernabeu" - mustahkam qalaga aylandi. 

O'zining debyut bahsini 2013 yilda "Betis"ga qarshi o'tkazgan Kazemiro, o'sha vaqtdagi bosh murabbiy Joze Mourino rejalarida yo'q edi. SHu sababli, futbolchi Portugaliyaga ravona bo'ladi. "Portu" tarkibidagi yorqin mavsum va 2015 yilda yarim himoyachi yana Madridga qaytadi. 


O'sha vaqtdan beri Kazemiro ko'p narsaga qodir ekanligini isbotlashdan charchamayapti va asosiy tarkibning chinakamiga muhim futbolchisiga aylanib ulgurdi. 

Maydon markazida katta ko'lamdagi ishni bajaruvchi futbolchi ayniqsa, raqibni to'psiz qoldirish, hujumlarni to'xtatish, o'yinni o'qiy olish qobiliyatini alohida tilga olish zarur.

Etiborli jihati shundaki, "qaymoqranglilar" eslashni yoqtirmaydigan o'sha "El-klasiko"da ("Real" - "Barselona" 0:4) ko'pchilik uchun kutilmagan holat, Kazemiro zaxirada qoldirilgan. O'z navbatida bu "Real Madrid"ga qimmatga tushgandi.    

To'g'ri, tarkibdagi yulduzlar qatorida braziliyalik ohirgilardan bo'lib eslanishi mumkin, lekin yana qaytarib aytamiz, statistika aldamaydi, Kazemiro "qirollik klubi"ning o'ta muhim, asosiy tarkibni usiz tasavvur qilib bo'lmaydigan futbolchisiga aylanib bo'ldi. 


Jamoa o'yinida "balans"ni saqlab turgan aynan shu futbolchi hisoblanadi.

Biroz oshirib yubordinglar demoqchi bo'lgan muxlislar diqqatiga, Pele hamyurti madridliklar tarkibida 31 ta o'yinda maydonga tushdi - 30 ta g'alaba va (etibor bering) uy uchrashuvlarida hali biror marta mag'lubiyat alamini totishga majbur bo'lmadi!

Bu Kazemiro sog' davri haqida edi. Endi u jarohat olgandan so'ng o'tgan kichik, ammo muhim davr haqida.

Ohirgi haftalardagi voqealar Kazemironing bugungi "Real" uchun nechog'li ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatib berdi. Zidanda braziliyalikni almashtirish uchun munosib o'rinbosar shunchaki yo'q ekan. 18 sentyabr kuni La Liganing 4-turida "Espanol" - "Real" bahsida raqib Papakuli Diopdan chaqqonroq harakat qilgan Kazemironi "mazasini qochirib qo'yishdi". 


Natijada yarim himoyachining oyoq suyagi dars ketdi va u bir oyga safdan chiqdi. Tahminlarga ko'ra, futbolchi terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga keladigan tanaffusdan keyin, 8-tur uchurashuvida "Betis"ga qarshi o'yinda maydonga qaytadi. 

Kazemirosiz "Qirollik klubi"ning o'yinidagi balans, hujum va himoya o'rtasidagi bog'liqlik yo'qolib qoldi. 4ta o'yinda o'tkazib yuborilgan 7ta gol, La Ligadagi peshqadamlik saqlab qolingan bo'lsada, oradagi farq qo'ldan ketdi. CHempionlar Ligasi 2-turida Dortmundga safar "Real Madrid" darvozasiga 20 bor zarba berishdi. Tan oling, bunaqasini har kuni ham uchratavermaymiz. Zinedin Zidan yuzaga kelgan muammoni Toni Kroos yordamida hal qilmoqchi bo'ldi, lekin baribir germaniyalik futbolchi maydonda boshqa vazifani yaxshiroq bajaradi. Tayanch zonasi shunchaki uning nuqtasi emas.          

So'nggi bor (sog' bo'la turib) qaxramonimiz maydonga tushmagan Madrid derbisida "qaymoqranglilar" "Atletiko"dan mag'lubiyatga uchradi. SHundan buyon Kazemiro asosiy tarkibning o'zgarmas azosiga aylangani va uzoq davom etgan g'alabali seriya guvohi bo'ldik. 

Gap raqibning sariq formada ekanligida emas (eslatib o'tamiz, ohirgi uchta o'yinda "Real" faqat durrang o'ynadi va qizig'i, faqat sariq liboslilarga qarshi maydonga tushdi), hamma gap maydon markazidagi bog'liqlikda. 


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика