So’nggi yangiliklar

08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  3 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  4 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  7 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  27 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  86 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4

Etibordan chetda qolayotgan murabbiy Yangiliklar

Etibordan chetda qolayotgan murabbiy

Kecha O'FF yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida bo'lib o'tgan tadbirda bir nechta yo'nalish bo'yicha eng kuchlilar aniqlandi.

Bunday katta tadbir birinchi bor o'tkazilgani bois taassurotlar ijobiy. Albatta, bazi kamchiliklar ham ko'zga tashlandi (masalan, taqdirlashdan oldin har bir yo'nalish bo'yicha nomzodlar elon qilinmagani, bazi nominaciyalarda nomzodlar yo'qligi va hokazo), lekin hozir bu haqda gapirmoqchi emasmiz. 

O'FFning yangi rahbariyati bunday tadbirni ilk marta tashkil etdi va shunisiga ham rahmat deymiz. Taqqoslab aytganda o'tgan yil hatto oddiygina taqdirlash ham o'tkazilmagan, federaciya nomiga eng yaxshi murabbiy va futbolchini elon qilib qo'ygandi. Bu tomonlama olib qaraganda o'zgarish bor. Kechagi tadbir ko'pchilikka maqul keldi. Soha kishilari zalni xushkayfiyatda tark etishdi. 

Har bir yo'nalish bo'yicha eng yaxshi deb topilganlarning hech biriga etirozim yo'q, faqat bir murabbiy nima sababdan chetda qolib ketgani nafaqat meni, balki ko'pchilikni hayron qoldirdi. Gap "Lokomotiv" futbol klubida ishlayotgan Mirko Yelichich haqida bormoqda. Yelichich "temiryo'lchilar" bilan ketma-ket ikki yil O'zbekiston chempioni bo'ldi, Kubokni yutdi, Osiyo chempionlar ligasida chorak finalgacha bordi, ammo shunday odam mana ikki yildirki taqdirlanmay qolib ketmoqda. 

To'g'ri, Mirko Yelichich "Lokomotiv"da bosh murabbiy emas, unda "Pro" licenziyasi yo'q. Lekin "Lokomotiv" o'yinlarini ko'rgan muxlis borki, maydon chetida turib ftubolchilarga tegishli ko'rsatmalarni aynan Yelichich berishini biladi. Avstraliyalik murabbiy jamoada hammasi uchun javobgar: natija uchun ham, futbolchilar uchun ham. Uning aybi "Pro"si yo'qligida faqat. 

Mirko Yelichich - kuchli mutaxassis, u yurtimizga ilk bor "Paxtakor"ga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida kelgandi. O'z malakasini oshirib, hatto milliy terma jamoada ham ishlashga muvaffaq bo'ldi. Orada biroz boshqa davlatda faoliyat olib borgan murabbiyni keyinchalik "Lokomotiv" chaqirdi. U dastlab Vadim Abramovga yordam berib yurdi, biroq "Qo'qon-1912" bilan kechgan bahsdan so'ng Abramov ishdan olingach, rahbariyat jamoa rulini to'liq Mirkoga topshirdi. Xullas 2015 yilning ikkinchi yarmidan beri Mirko Yelichich "Lokomotiv"ni shug'ullantirib kelmoqda. 

O'tgan ikki yarim yil mobaynida Mirko Yelichich jamoa bilan katta hajmdagi ishni bajardi. Sovrinlarni yutish o'z yo'liga, murabbiy avvalo futbolchilarni professiionallik sari yo'naltira oldi deb o'ylaymiz. Lekin futbolda baribir murabbiy tilidan u qo'lga kiritgan yutuqlar gapirishini unutmaylik. Kecha garchi o'zi qatnashmagan bo'lsa-da, bu murabbiy ham mehnatlari evaziga munosib taqdirlanishga haqli edi.

Agar gap licenziyada bo'lsa, unda nima uchun "O'zbek futboliga hissa qo'shayotgan eng yaxshi xorijlik murabbiy"lar uchtaligiga Mirko Yelichich ham qo'shildi degan savol yuzaga keladi. Axir unda "Pro" yo'q-ku. Agar gap bosh murabbiylar haqida borsa, unda nimaga yilning eng yaxshi murabbiyiga nomzodlar ekranda ko'rsatilganida Andrey Miklyaev chiqmadi? Xullas masalaga u tomondan ham, bu tomondan ham qaralasa chempion va Kubokni yutgan jamoa murabbiylari chetda qolib ketishdi.

4 dekabr - O'zbekiston Kubogi finalidan oldin "Lokomotiv" bazasiga borib Mirko Yelichichdan intervyu oldim. Suhbat oxirida Avstraliyaga qachon ketasiz deb so'radim. Murabbiy 7 dekabr kuni Dubay orqali uyiga uchishini va u erdan yangi yilni o'tkazgach, yanvarning boshlarida yana Dubayga qaytib to'g'ri "Lokomotiv" yig'iniga borishini aytdi.

SHunda men O'FF taqdirlash marosimini o'tkazsa-yu, siz eng yaxshi murabbiy bo'lsangiz, sovrinni qabul qilib olish uchun Toshkentda qolmaysizmi dedim. Mirko esa bunga javoban engil tin olib men o'tgan yil ham chempion bo'ldim, kubokni yutdim, OCHLda chorak finalgacha bordim, o'tgan yil taqdirlamagan federaciya bu yil taqdirlaydimi deya savolga savol bilan javob berdi. Men esa boshqa gapirmay indamay chiqib ketdim.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика