So’nggi yangiliklar

15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  0 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10

Etakchining starti o'xshamadi Yangiliklar

Etakchining starti o'xshamadi

Kutilganidek, 2016/2017 yillar mavsumi ham qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda kechmoqda.

Lekin shu bilan birga, o'tgan mavsum ijobiy sensaciyalar bilan o'z muxlislarini behad quvontirgan ayrim jamoalar negadir avvalgi fidoyilik, samaradorlikni ko'rsata olishmayapti. Xorijlik kasbdoshimizning quyidagi maqolasi shu haqda.

APL - Lester

Turnir jadvalidagi vaziyat: 2-2-3, 8 ochko. 12-o'rin.

Holatning yomon jihati


Lesterning yangi mavsumda ham avvalgidek shiddatli to'p surishiga faqat jamoaning ashaddiy muxlislari umid qilgan bo'lishlari mumkin. Tulkilarning avvalgi ayyorliklari endi kutilgan samarani bermasligi malum edi. APL vakillari orasidagi raqobatning kuchayganligi va ayrim favoritlardagi turg'unlik Lesterning foydasiga ishlagandi. Bundan tashqari, jamoa hozir N~Golo Kantesiz to'p surmoqda. Nima bo'lganda ham, amaldagi chempionning bunchalik sust ishtiroki kutilmagan hol bo'ldi. Axir jamoa o'tgan mavsum davomida bor-yo'g'i 3 marta maydonni bosh egib tark etgandi. Hozir esa 7ta uchrashuvda shuncha mag'lubiyat qayd etildi. Klubdagi inqirozni angliyalik eskpertlar quyidagicha izohlashyapti: O'tgan mavsum jamoa barcha raqiblari bilan astoydil kurashishga bel bog'lagandi, endi esa futbol borasida hammasidan ustun kelishga urinmoqda. Buning uchun saviya imkon bermayapti. To'g'ri, Klaudio Raneri shogirdlari ko'proq hujum uyushtirishga intilmoqdalar. Ammo ulardan unumli foydalanish darajasi juda past. Raneri ECHLda avvalgi uslubiga suyangan holda kerakli ochkolarni jam­g'arishga muvaffaq bo'lmoqda. Ichki musobaqalarda ham o'zining sinovlardan o'tgan uslubini qo'llamayotgani kishini ajablantirmoqda.

Ijobiy o'zgarishlarga umid

Lester hozir ham qay tariqa g'alaba qozonishni yaxshi biladi. Bunga ECHLdagi bellashuvlar isbot bo'la oladi. Jamoa o'ta kuchli guruhdan joy olgani ham haqiqat. Nufuzli turnirning guruh bosqichida anoyi jamoalar bo'lmasligi ham bor gap. Tulkilarning vaziyatni o'nglay olishlariga umid uyg'otadigan ikkinchi jihat - zaxira o'rindig'ining uzunligi. Hatto, SHinji Okazaki asosiy tarkibdan joy ololmayapti. Mavsumoldi bahslarida o'zini ko'rsatgan Ahmad Muso esa zayavkada ham yo'q. Italiyalik mutaxassis barcha shogirdlariga ishonishini takidlamoqda. Demak, Lester tez orada o'z o'yinini topib oladi.

Ibora: Ayrimlar  ECHL madhiyasi haqida bosh qotirayotgan payt men o'z telefonimga sim qoqaman (Klaudio Raneri, Lesterning APLdagi uchrashuvlardan biridagi etirof).

APL - Vest Xem

Turnir jadvalidagi vaziyat: 1-1-5. 4 ochko, 18-o'rin

Holatning yomon jihati


Bahorda Slaven Bilich Vest Xemning shiddatli parvozi haqida to'xtalib, agar Lester bo'lmaganida bolg'achilarning shov-shuvlari yanada kuchliroq bo'lishini takidlagandi. Yozda jamoa muhtasham Olimpiya stadioniga ko'chib o'tdi, abonementlar sotuvi bo'­yicha rekord natijaga erishdi, qo'shimchasiga bir qator yorqin futbolchilarni xarid qildi. Taajjubki, natijalar pasayib ketdi. Dastlabki omadsizliklarga Dimitri Payening jarohati sabab qilib ko'rsatilmoqda. Franciyalik afsungar safga qaytganidan keyin ham vaziyat o'zgarmadi, jamoa Paye jasoratiga bog'liq bo'lib qolganligi o'tgan mavsumdagidan ham yaqqolroq sezilmoqda. Bundan tashqari, jamoa oyog'iga bolg'achilar o'zlari bolta urmoqdalar. Masalan, keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olingan Simone Zaza shunchalik sust o'ynayaptiki, unga bosh murabbiydan boshqa hech kim ishonch bildirmayapti. Darren Rendolf va Endi Kerroll esa ichkilikka ruju qo'yganliklarini jamoatchilikdan yashirishni ham o'zlariga ep ko'rishmayapti. Payeni hisobga olmaganda, barcha etakchilar talab darajasida o'ynay olmayaptilar. Himoya chizig'idagi tartibsizliklar tufayli Vest Xem eng ko'p (17ta) to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib to'ribdi. Muxlislar esa o'tgan mavsumni allaqachon unutib, Bilichning istefosini talab qilishmoqda.

Ijobiy o'zgarishlarga umid

Vest Xemning Payega bog'liq bo'lib qolganligi yomon, lekin Slaven Bilich ixtiyorida shunday tashabbuskor o'yinchining borligi yaxshi. Jarohatdan keyingi 4ta uchrashuvda Dimitri o'z hisobiga 4 (1}3) ballni yozib qo'ydi. Micheyl Antonio ham yaxshi sport formasida. Bilich uni barcha poziciyalarda sinab ko'rmoqda - mavsum avvalida himoyada o'ynayotgan futbolchi Midlsbroga qarshi bahs­da hujum chizig'ida to'p surdi. O'tgan mavsum etakchilarning individual mahorati Vest Xemga katta manfaat keltirgandi. Ular yana o'z sport formalarini tiklab olishsa, vaziyat o'zgarishiga ishonch bor.

Ibora:
Albatta, vaziyatdan qatiyan noroziman. Paye ham shunday fikrda, jamoaning o'tgan mavsumdagidek kuchli bo'lishini istaydi. O'yindan qoniqish olmayotgani ijobiy o'zgarishlarga turtki bo'ladi (Slaven Bilich, Vest Xem bosh murabbiyi).

Bundesliga - SHalke-04

Turnir jadvalidagi vaziyat: 1-0-5, 3 ochko. 16-o'rin

Holatning yomon jihati


Dastlabki 5ta uchrashuvni mag'lubiyat bilan yakunlash orqali jamoa o'z tarixidagi eng yomon startni qayd etdi. SHu kabi omadsizliklar 2010 yili kuzatilib, kumush medal sohiblari mavsumni 4ta mag'lubiyat bilan boshlashgandi. O'shanda Feliks Magat zudlik bilan istefo olgan, jamoa esa mavsumni autsayderlarga yaqin hududda o'tkazgan. Ichki chempionatdagi qoniqarsiz ishtirokni ECHLda yarim finalga qadar etib kelish bilan yuvgandi. Ehtimol, jamoa bu mavsum ham shu yo'lni tanlagandir? Lekin Markus Vayncirl hisobida o'zgacharoq misol ham yo'q emas - u boshqargan Borussiya M. mavsumni qatorasiga oltita mag'lubiyat bilan boshlab, yakunda ECHLga yo'llanma olish bilan yakunlagandi. SHalke ham xuddi shunday salohiyatga ega, tarkibi juda kuchli, o'yinchilarning uyg'unligi sekin-asta shakllanmoqda.

Ijobiy o'zgarishlarga umid


SHalke duch kelgan omadsizlik - kamyob hodisa. Startdagi 5ta mag'lubiyat klubning ilojsiz vaziyatga tushib qolganligini anglatmaydi. Qolaversa, jamoa xuddi Krasnodar kabi ELda Nicca va Zalcburgdan 6 ochko tortib olishni uddaladi. Bundesligada Bavariya bilan tengma-teng o'ynadi, faqat so'ng­gi daqiqalarda xatoga yo'l qo'ydi. SHuningdek, SHalke, Ayntraxt va Xoffenxaym bilan bo'lgan bahs­larda ham mag'lubiyatga loyiq emasdi. Omadsizlik har qanday jamoada bo'lishi mumkin. Bundesligadagi qisqa tanaffusga jamoaning Borussiya M. ustidan yirik (4:0) hisobda g'alabaga erishgan holda chiqqanligi ijobiy o'zgarishlar debochasi bo'lsa, ajabmas.

Ibora: Elkamizdan og'ir yukni olib tashladik. SHogirdlarim murakkab vaziyatni boshdan kechirishdi. SHu bois, ularga ko'proq maqtovlar yo'llashim lozim. SHunchalik kuchli bosimga dosh berishgani uchun har qancha olqish oz (Markus Vayncirl, SHalke bosh murabbiyi, Borussiya M. ustidan qozonilgan g'alabadan keyin).

Primera - Valensiya

Turnir jadvalidagi vaziyat: 2-0-5, 6 ochko. 17-o'rin

Holatning yomon jihati


Yozgi tatilga tushkun kayfiyatda yo'l olib, yana shu alfozda qaytgan Valensiya yangi mavsumda o'zining antirekordini o'rnatdi. La-ligadagi dastlabki 7ta uchrashuvning 5tasida imkoniyatni boy berdi. SHu qoniqarsiz natija ko'rshapalaklarning bugungi kayfiyatini ko'rsatib turibdi. Etakchi hujumchilardan biri Pako Alkaser avvalgidek to'p surishdan ko'ra, Barsa zaxira o'rindig'ini afzal ko'rdi. Andre Gomesh ham jamoani tark etdi. Himoya chizig'ida pala-partishlik hukmron: Mustafi sotib yuborilib, Garay xarid qilindi. U hali jamoaga moslasholmadi, shu bois jamoa darvozasi tomon 5ta penalti belgilandi. Lekin ana shu zarbalardan 4tasi penaltilar qiroli - Diego Alves tomonidan bartaraf etilgani hayratlanarli. Jamoa hisobidagi 2ta g'alaba esa primero debyutantlari - Alaves va Leganes bilan bo'lgan o'yinlarda qayd etildi. Xullas, Valensiyani og'ir mavsum kutmoqda.

Ijobiy o'zgarishlarga umid


Nihoyat, bir yil ichida Valensiya chinakam murabbiyga ega bo'ldi - Gari Nevill bu ishdan ko'ra televizor or­qali maruza o'qish oson ekanligini tushundi. Pako Ayestaran esa garchi Barsani mahv etishga ulgurgan bo'lsada, hamon shifokor-murabbiy maqomida qolganligiga amin bo'ldi. Endi ko'rshapalaklar JCH-2014da Italiya terma jamoasi bilan, keyinchalik Turkiya chempionatida omadsizlikka uchragan CHezare Prandelli rahbarligida to'p surishadi. Atletikoga qarshi bahsda italiyalik mutaxassis ishtirok etmagan bo'lsada, Diego Simeoneni o'z g'oyalari bilan hayron qoldirdi. Ha, Valensiyada yaxshi munosabatlarni o'rnatish va ilg'or g'oyalar evaziga Prandelli jamoani tushkunlik holatidan olib chiqa oladi.

Ibora: Dastlabki vazifamiz - o'yinlarda g'alaba qozonish. Jamoa chakki emas, lekin natija yo'q. g'alabaga yaqin turamiz, ammo uni qo'ldan boy berilmoqda. Tez orada vaziyat o'zgarishiga ishonaman (Nani, Valensiya yarim himoyachisi).

LIGA 1 - PSJ

Turnir jadvalidagi vaziyat: 5-1-2, 16 ochko, 3-o'rin

Holatning yomon jihati


maqolaning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика