So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  3 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  18 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  12 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Etakchilar qoqildi: A Seriya 13-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilar qoqildi: A Seriya 13-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi.

"Yuventus" "Lacio"dan kuchliroq

Agar Mauricio Sarri bundan bir necha oy avval "Yuventus"ga murabbiylik qilganini hisobga olsak, bu o'yin katta qiziqish bilan kutildi. Ha, aytgancha, biroz tushunarsiz bo'lsa-da, negadir Sarri "byankoneri" tiffozilar tomonidan hushtaklar bilan kutib olindi. Bahs ancha sokin ruhda start oldi va Alvaro Morata jarima maydonchasida yiqitilmaguncha, hech qanday qulay vaziyatlar yaratilmadi. To'p yoniga Leonardo Bonnuchchi keldi va penaltidan unumli foydalandi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng, "Lacio" biroz faolroq harakat qila boshladi, uzoqdan Milinkovich-Savichning bergan zarbasi yomon chiqmadi. "Yuventus" ham raqibidan faollikda qolishmaslikka urindi. Kuadradoning qanotdan bergan uzatmasini Morata darvozaning biroz tepasidan o'tkazib yubordi.

Tanaffusdan so'ng, keskin o'zgarib ketmadi. Uchrashuvdagi muhim epizod sodir bo'lmaguncha, ikki jamoa ham shoshmasdan harakat qilardi. Jarima maydonida Anderson yiqitildi, biroq hakam o'yinni davom ettirish mumkinligini aytdi. Makkeni to'pni oldinroqdagi Kezaga tashlab berdi, Federiko jarima maydoniga yorib kirdi va yiqitildi. "Lacio" futbolchilari avvalroq Andersonga nisbatan fol ishlatilganini uqtirishga qanchalar urinishmasin, hakam rimliklar darvozasiga yana penalti belgiladi. Natijada, to'p yoniga yana Bonuchchi keldi va bu safar ham mo'ljaldan adashmadi. Bahs so'ngiga yaqin "Yuve" yana gol urishi mumkin edi, lekin zaxiradan maydonga tushgan Moyze Kin aniq zarba berolmadi, boshqa bir vaziyatda Reyna jamoasini goldan qutqarib qoldi. Natijada, "keksa sinora" ishonchli g'alabaga erishdi, "Lacio"ga esa qishda tarkibini kuchaytirishi zarar qilmaydi.


"Inter" "Napoli"ni mag'lub etdi

Ikki jamoa ham o'yinni faollik bilan boshladi, ammo uzoq paytgacha qulay vaziyat yaratilmadi. "Napoli"ning qarshi hujumidan so'ng, "Inter" himoyachilari "uxlab qolishdi", Insine to'pni Zelinskiyga oshirdi, u esa kuchli zarba bilan hisobni ochdi. SHundan so'ng, "Inter" yanada faollashdi va bir necha daqiqadan so'ng, penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. To'p yoniga CHalxanoglu keldi va ishonchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv "Inter" nazorati ostida o'ta boshladi, Barellada yaxshigina imkoniyat bo'lgandi, biroq uning uzoqdan kelgan zarbasini Ospina qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Taym so'ngida "neradzurri" yana gol urdi. CHalxanogluning darvoza ustuni yaqiniga yo'llagan to'pini Perishich ajoyib tarzda sakrab, to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

Ikkinchi taymda "Napoli" faolroq o'ynadi, biroq xavfli vaziyatlar yarata olmadi. "Inter" esa ajoyib kombinaciyani amalga oshirdi. Korrea o'z jarima maydonidan raqib maydoni tomongacha to'p bilan o'tib bordi, Barella himoyachini aldab o'tdi va hamyuridan to'pni qabul qilgan Lautaro uzoq burchakni aniq nishonga oldi. Spalletti o'yinchilarni almashtirdi va bu ish berdi. So'nggi daqiqalarda "Napoli" "Inter"ni katta kuch bilan himoyalanishga majbur qildi, vaziyatlardan birida Mertens uzoqdan daxshatli zarba amalga oshirdi. "Napoli" bosim qilishda davom etardi, lekin "Inter"ni avvaliga Xandanovich qutqardi, keyin esa Mertnes mo'ljalda adashdi. Natijada, "Inter" "Napoli"ga mavsumdagi birinchi mag'lubiyatini "tortiq qildi".


"Atalanta" "Speciya"ni tor-mor etdi

"Speciya"ga qarshi o'yin "bergamoliklar" uchun u qadar omadli boshlanmadi. Daniele Verdening zarbasidan keyin Musso to'pni beo'xshov harakat bilan qaytardi va Nzola uni baribir darvozaga yo'lladi. SHundan so'ng, "Atalanta" o'ziga keldi va oldinga tashlandi. Bir necha daqiqa o'tib, Zappakosta qanotda ikki raqibini dog'da qoldirdi va to'pni Pashalichga uzatdi, Mario jarima maydoni markazidan adashmasa bo'lgani edi. "Atalanta" ustalik bilan bosimni kuchaytirib borsada, anchagacha raqib darvozasiga yo'l topa olmasdi. Ushbu holatni Sapata nuqtadan gol urib, o'zgartirdi. Yana ikki daqiqa o'tib Duvan jarima maydoniga yorib kirdi va qizg'onmay Pashalichni ko'rdi, yarim himoyachi darvozabon harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda ajoyib zarba berdi.

Tanaffusdan keyin o'yin tempi bir muncha tushdi. "Atalanta" yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lsa-da, chinakam xavfli imkoniyatlar deyarli bo'lmasdi. O'yin oxiriga yaqin esa o'zgarishlar samara keltirdi. Pashalich to'pni Murielga etkazdi hamda Luis darvoza burchagini aniq nishonga oldi. Kolumbiyalik gol urishdan tashqari, Malinovskiyga golli uzatmani ham amalga oshirdi. Ukrainalik futbolchi o'zining "firmenniy zarbasi" bilan darvozabonga imkon qoldirmadi. Qizig'i, o'yin nimadan boshlangan bo'lsa, shu bilan yakun topdi. Qanotdan uzatmadan keyin Nzola zarba berishni uddaladi va dublga erishdi, ammo bu jamoasini mag'lubiyatdan qutqara olmadi.


"Milan" "Fiorentina"ga yutqazi

Katta qiziqish bilan kutilgan ushbu bahs ishonchni to'liq oqladi. O'yin boshida "Milan" ko'proq hujum qildi, lekin 15-daqiqada Dunkan hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. "Milan" darhol bunga javob qaytarishi mumkin edi: Kerning qanotdan bergan uzatmasini Ibragimovich boshi bilan darvozaga joylashi mumkin edi, ammo biroz aniqlik etishmadi. O'yin tinchlandi, biroq taym so'ngida Vlaxovichning pasidan keyin Saponara ajoyib tarzda gol urdi.

"Milan" 2-taymni faollik bilan boshladi, ammo qarshi hujumni o'tkazib yubordi. Dunkan oldindagi bo'sh zonada turgan Vlaxovichga to'pni oshirdi, u esa Tatarushanuni aldab o'tdi va hisobdagi farqni yiriklashtirdi. 2 daqiqadan so'ng Ibragimovich kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bundan ruhlanib ketgan "Milan" yana gol urishga otlandi va buning uddasidan chiqdi. Teoning uzatmasini Zlatan qabul qilib oldi va dubl qayd etdi. "Rossoneri" hisobni tenglashtirishga bel bog'ladi, lekin o'zi gol o'tkazib yubordi. Teo oddiy vaziyatda to'pni oldirib qo'ydi, Vlaxovich esa ideal tarzda yana gol urdi. Uchrashuv so'ngida Zlatan xet-trik qilishga juda yaqin edi, biroq to'p darvoza to'siniga tegdi. Qaytgan to'pni esa Venutti o'z darvozasiga joylab qo'ydi. Natijada "Fiorentina" yorqin g'alabaga erishdi, "Milan" esa A Seriyaning yakka peshqadami bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy berdi.


"Roma" "Jenoa"ni mag'lub etdi

Andrey SHevchenko A Seriyada murabbiy sifatidagi debyut o'yini, albatta, katta qiziqish bilan kutildi. Biroq oson bo'lmasligi darhol ayon bo'ldi. Sababi yomg'ir yog'a boshladi va bu qaysidir manoda o'z tasirini ko'rsatdi. SHomurodov sobiq jamoasiga gol urishi uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, ammo El-SHaaravining uzatmasini hamyurtimiz darvoza tepasidan o'tkazib yubordi. Tanaffusgacha Eldorda yana yaxshigina imkoniyat bo'ldi: Mxitaryan qanotdan pas berdi, biroq SHomurodovning zarbasi yana darvoza tepasidan o'tib ketdi.

Tanaffusdan so'ng, "Roma" ko'proq hujum qila boshladi, ammo "Jenoa"da ajoyib imkon paydo bo'ldi: Kambyassoning qanotdan bergan uzatmasini Sturaro akrobatik tryuk bilan darvozaga joylab qo'yishi mumkin edi, ammo Patrisiu bunga yo'l qo'ymadi. Uchrashuv durang bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo o'yinchilarni almashtirish orqali bahs jonlandi. Genrix Mxitaryan darvoza yaqiniga keldi va gol urish o'rniga, yaqinda zaxiradan maydonga tushgan Feliks Afena-Gyanga to'pni oshirdi. U esa hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. "Jenoa" nimadir qilishga urindi, ammo bir necha daqiqa o'tib, Afena-Gyan yana gol urdi. 18 yoshli forvardning dubli tufayli Andrey SHevchenko A Seriyadagi faoliyatini mag'lubiyat bilan boshladi.

SHuningdek, "Veneciya" "Bolonya"ni mag'lub etdi, "Sampdoriya" "Salernitana"dan kuchliroq, "Torino" "Udineze" ustidan g'alaba qozondi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика