So’nggi yangiliklar

21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  5 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  0 19:59Гави: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси"  6 19:34Гари Невилл: "Гарначо ва Рэшфорд кетса, МЮ учун олдинга ташланган катта қадам бўлади"  7 19:10Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоасига хорижлик бош мураббийи тайинланди!  7 18:58Расман: Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"га қайтди!  0 18:37Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғинга киришди  0 18:14"Пахтакор" яна бир легионер билан шартнома имзолаганини расман эълон қилди!  18 17:3217 ёшли Месси Франция Кубогида дубль қайд этди  4 17:04"Барса" "Камп Ноу"даги 475 та VIP-ўринни 30 йилга 100 миллион евро эвазига сотди. Клуб Ла Лигани 31 декабрда огоҳлантирган  16 16:19Абдуқодир Ҳусановгача "Манчестер Сити"да кимлар 45-рақамда ўйнаган?  24 15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  9 15:20Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон - Кувайт учрашуви галереяси  1

Etakchilar ochko yo'qotdi, faqat "Napoli" bundan mustasno - A Seriya 24-tur revyusi Yangiliklar

Etakchilar ochko yo'qotdi, faqat "Napoli" bundan mustasno - A Seriya 24-tur revyusi

Italiya chempionatida navbatdagi tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Napoli" "Empoli"ni taslim etdi

O'yin "Napoli"ning hujumlari bilan boshlandi, ammo uzoq vaqt ular chinakam xavfli tus olmasdi. SHunday bo'lsada, birinchi xavfli hujumoq gol bilan yakunlandi. 17-daqiqada Xvicha to'pni Di Lorencoga tashladi, himoyachi esa jarima maydonchasidagi Osimxenga yo'lladi, ammo to'p yo'l-yo'lakay Ismayliga tegib, darvoza to'riga borib tushdi. Ko'p o'tmay, Xenderson uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi, Meret qiyinchilik bilan bo'lsada, xavfni bartaraf etdi. "Napoli" hujumlari esa odatdagidek rang-barang edi. Xvicha uzoqdan ayyorona zarba berdi, Vikario bunga tayyor edi, lekin Osimxenning takroriy zarbasi oldida kiper ham ojiz qoldi. Ko'p o'tmay, Viktor birga-bir vaziyatga chiqdi, lekin Vikario jamoasini goldan qutqardi.

"Napoli" tanaffusdan keyin ham ishonchli o'ynab, hujum qilishda davom etardi. Misol uchun Lozano va Angussi uzoq masofadan zarba berib, omadlarini sinab ko'rishdi. Vaziyatlardan birida hakam Mario Ruyga ikkinchi sariq va qizil kartochka ko'rsatdi, "Empoli" esa shundan keyin ham Meret darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyat yarata olmadi. "Napoli" esa ancha xotirjam o'yin ko'rsatdi. Zaxiradan maydonga tushgan Simeonening zarbasidan keyin Vikario to'pni qaytarishga erishdi. "Napoli" navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritib, raqiblardan qochishda davom etmoqda. A Seriyada anchadan buyon bu qadar katta farq bo'lmagandi.


"Atalanta" "Milan"ga yutqazib qo'ydi 

Uchrashuv "rossoneri"ning faolligidan boshlandi. 6-daqiqadayoq Leaoning yaxshi uzatmasidan keyin Jiru bergan zarbasi qovushmadi. Navbatdagi xavfli vaziyat ham Jiru ishtirokida bo'ldi. Olive havodagi kurashda ustun keldi va Teo to'pni erga tushirmay, chamasi 35 metrlardan ajoyib zarba berdi, to'singa tegib qaytayotgan to'p Mussoning elkasiga tegib, to'rdan joy oldi. Ko'p o'tmay, endi Leao xavfli zarba berdi, lekin Musso bu safar jamoasi joniga oro kirdi. "Bergamasklar"ning hujumdagi ishlari ochiqchasiga yurishmasdi.

Ikkinchi bo'lim avvalida Jiru nomini tabloga yozdirib qo'yish uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi, biroq Musso hujumchiga maksimal ravishda kam masofa qoldirdi va xavfni bartaraf eta oldi. Mussoning keyingi seyvi Leaoning uzoqdan bergan zarbasidan keyin qayd etildi. Biroz o'tib, portugaliyalik qanotdan Teo uzatgan to'pga o'zi istagandek zarba bera olmadi. "Milan"ning bosimi kuchli edi, Leaoning uzatmasidan keyin Messias qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Biroq bir necha daqiqa o'tib, shu juftlik niyatiga etdi. Leao to'pni Messiasga tashladi, tezlikda himoyachilardan tezkorroq bo'lgan yarim himoyachi to'pni Mussoning ham utsidan tashlab qo'yishga imkon topa oldi. Alohida qayd etishga loyiq yana bir voqea Zlatan Ibragimovichning maydonga tushirilgani bo'ldi. Ibra bir necha bor sheriklariga vaziyat yaratib berishga ham ulgurdi, lekin "Milan" boshqa gol ura olmadi. "Atalanta" haqida gapirsak, jamoa katta ehtimol mavsumdagi eng yomon o'yinini o'tkazdi, Gasperini shogirdlari jarohatidan qutilib, safga qaytgan Menyan darvozasiga birorta aniq zarba bera olishmadi.


"Kremoneze" "Roma"ni chempionatda ham yutib qo'ydi

O'yin "Kremoneze"ning hujumlari bilan boshlandi. Agarda o'tkir burchakdan Valeri bergan zarba gol bilan yakunlanganda jamoa 2-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olardi. Ko'p o'tmay, u nomini assist sifatida yozdirib qo'ydi, Tsadjut jamoadoshidan to'pni qabul qilib, kuchli zarb bilan "to'qqizlikni" nishonga oldi. "Roma" juda passiv harakat qilardi. Birinchi bo'limda faqatgina Kristantening zarbasini esga olish mumkin.

Ikkinchi bo'lim boshida Joze Mourino chetlatildi. "Roma" esa xavfliroq hujum qilishga astoydil urinardi. Pellegrinida ajoyib imkoniyat bo'lgandi, biroq futbolchi ikki metrdan bo'sh darvozani nishonga ola bilmadi. SHunday bo'lsada, "jalorossi"ning bosimi ish berdi. Manchinining uzatmasidan keyin "Kremoneze" futbolchilari suniy ofsaydni yuzaga keltirishda xatoga yo'l qo'yishdi, oqibatda Spinnacola zarba berish imkoniyatiga ega bo'ldi va to'pni darvozabonning yonidan o'tkazib qo'ydi. Keyingi imkoniyat El SHaaravi bo'ldi. Stefan kiperni ham aldab o'tdi, lekin o'tkir burchakdan darvozani aniq nishonga ololmadi. "Roma" hujumga juda ham berilib ketdi va raqibning qarshi hujumini o'tkazib yubordi. Tsadjut jarima maydonchasida yiqitildi, nuqtadan CHiofani adashmadi. Rimliklar shturm uyushtirishga urinib ko'rishdi, ammo "Kremoneze" mavsumdagi birinchi g'alabasini saqlab qola oldi. "Roma" kutilmaganda g'alaba qozona olmay, "Inter"ni quvib o'tish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.


"Yuventus" — 6 ta gol urilgan Turin derbisida g'olib

O'yin "keksa sinora" uchun yomon boshlandi. Miranchukning uzatmasidan keyin Buonjorno boshi bilan to'pni Karamoga o'tkazib berdi, hujumchi esa imkoniyatdan unumli foydalana oldi. To'p o'tkazib yuborgan "Yuventus" agressiv o'yin ko'rsata boshladi va bu o'z samarasini berdi. Kostichning uzatmasidan keiyn Kuadrado to'pni to'qqizlikka mixlab qo'ydi. Raqibdan farqli ravishda "Torino"ga bu gol u qadar jiddiy tasir qilmadi. "Buqalar" hujum qilishda davom etdi va gol ham ura oldi. Ilichning kuchli uzatmasidan keyin Sanabriya himoyachilardan chaqqonroq chiqdi. "Torino"ning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi, Di Mariyaning burchakdan uzatgan to'pini hammadan baland sakragan Danilo to'rga yo'lladi.



Ikkinchi bo'limda Fadjolining uzatmasidan keyin Vlaxovichda zo'r vaziyat bo'lgandi. Biroq uning zarbasidan keyin to'p to'singa tegib qaytdi. To'sin "Yuventus" foydasiga ham ishladi. Linettining uzoq masofadan zarbasidan keyin Voycex hech nima qila olmasdi. Burchak zarbasidan keyin Keza ajoyib uzatmani amalga oshirdi, hujumga kelgan Bremer esa sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi. "Torino" agressivroq o'ynashga urinib ko'rdi, ammo jamoaning kuchi tugab borayotgani sezilardi. "Yuventus" esa Kezaning jarima zarbasini amalga oshirishi va Bremerning uzatmasidan keyin Rabo bir harakat bilan to'pni darvozaga yo'llab, yakuniy hisobni o'rnatdi. "Yuventus" yorqin g'alabani tantana qildi va ECHL zonasiga juda yaqin keldi.

SHuningdek, "Lacio" "Sampdoriya"ni mag'lub etdi, "Lechche" "Sassuolo"ga yutqazdi, "Fiorentina" esa "Verona"ni yirik hisobda taslim etdi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика