So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  3 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  13 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Etakchilar bahsi: A Seriya 18-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilar bahsi: A Seriya 18-tur yakunlari

15-18 yanvar kunlari Italiya A Seriyasining navbatdagi tur bahslari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Inter"ga g'alabani boy berdi

Uzoq vaqtdan buyon ilk marta "Inter" "Italiya derbisi"ga turnir jadvali o'rinlari bo'yicha "Yuventus"dan yuqori pog'onada etib keldi. Bahs "Yuventus"ning hujumi bilan boshlandi, mehmonlar gol ham urishdi, biroq Ronaldu o'yindan tashqari holatda deb topildi. Keyingi hujumda "Inter" aniqlik bilan harakat qildi. Vidal Barellaga to'pni oshirdi va jarima maydoniga qarab yugurdi. U erda Nikoladan havodan etkazilgan to'pni qabul qilib oldi va boshi bilan uni darvozaga joylab qo'ydi. SHundan so'ng, "Yuventus" hujumga o'tishi kerak edi, biroq vaziyatlar ko'proq uning darvozasi yonida yaratildi. Lukaku xavfli zarba berdi, undan ham xavfliroq zarbani esa Lautaro yo'lladi, ammo to'p bo'sh darvozaga kirmadi. Taym oxirida esa Lukaku juda kuchli zarba berdi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi.


Tanaffusda Pirlo jamoani jonlantirishga harakat qildi, lekin "Inter" yana tezkorlik bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bastoni o'z maydoni tomonda Barellaga to'pni ajoyib tarzda havodan etkazib berdi. Italiyalik yarim himoyachi esa gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lekin shu gol ham "Yuventus"ni uyg'otolmadi. O'yin so'ngigacha ikki jamoa ham hujumga o'tib, bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratishdi. Ammo muxlislar boshqa gol ko'rishmadi.


"Lacio" "Roma"ni mag'lub etdi

Turni Rim derbisi ochib berdi. Ushbu bahsda "Roma" favorit hisoblanayotgan edi. Odatda, "Roma" o'yinni kuchli boshlaydi, biroq "Lacio" futbolchilari bunga tayyor turishgandi. Temp biroz susayganda, Immobile sherigi Ladzarriga to'pni oshirdi, u esa jarima maydoniga kirib bordi. Ibanesning kichik xatosi tufayli 14-daqiqada hisob ochildi. "Roma" shok holatiga tushib qolganidan unumli foydalangan "Lacio" yana bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi: Ibanes jarima maydonida Ladzarrini yiqitdi, ammo hakam hushtak chalguncha, u orqaroqdagi Luis Albertoga pas berishga ulgurdi. Ispan esa ehtiyotkor zarba bilan gol urdi. "Roma" tanaffusgacha gol ura olishi muhim edi. Biroq jamoa buning uddasidan chiqolmadi.


"Lacio" juda kuchli o'yin namoyish etdi, tanaffusdan keyin ham vaziyatlar yarata oldi. "Burgutlar" mudofaada xatosiz harakatlanishdi, "Roma" esa Reyna darvozasiga yo'l topa olmadi. Biroq "Lacio" 67-daqiqada yana gol urishga erishdi. SHundan keyingina "Roma" bir necha vaziyat yaratdi, biroq gol bo'lmadi. "Lacio" muhim g'alabani qo'lga kiritdi va etakchilarga yaqinlashib oldi.


"Napoli" "Fiorentina"ni yanchib tashladi

Jennaro Gattuzo shogirdlari ilk daqiqalardan oldinga tashlanishdi va hisobni ochishdi. Lozano qanotdan jarima maydoni ichiga uzatmani amalga oshirdi, Petanya to'pni qabul qilib Insinega etkazdi, Lorenso esa 5-daqiqadayoq to'pni davrozaga joylab qo'ydi. "Fiorentina"ni bu holat sindirib qo'ymadi va jamoa muvozanatni tiklash uchun hujumga o'tdi. Biragining uzatmasidan keyin kutilmaganda Demme to'pni o'z darvozasi tomonga burib yubordi, lekin "Napoli"ni to'sin qutqarib qoldi. Ko'p o'tmay yarim himoyachi nafaqat o'z jamoasi darvozasiga, balki raqib tomonga ham yaxshi zarba yo'llay olishini ko'rsatib qo'ydi. Demme hujumni boshlab berdi va Petanyadan qayta qabul qilib olgach, jarima maydoni ichidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi. Aynan shu gol "Fiorentina"ning umidlarini puchga chiqardi. Oradan ikki daqiqa o'tgach, Insine atrofiga 4 nafar raqibini yig'ib oldi va jarima maydoniga uzatdi, u erda Lozano hammadan chaqqonroq harakat qildi. Hali bo'lim yakunlanib ulgurmasdan, Zelinskiy uzoq masofadan to'pni Drongovskiy darvozasiga joylab qo'ydi. Bunaqasini "fialkalar" kutmagani turgan gap.

Amalda ikkinchi bo'limni o'tkazmasa ham bo'lardi. Lekin "Napoli" tanaffusdan keyin ham to'xtamadi va vaziyatlar yaratishda davom etdi. Drongovskiy bir necha bor jamoasini o'ta mushkul vaziyatlarda qutqardi va aynan u bo'lmaganida "Fiorentina" uchun barchasi bundanda qo'rqinchliroq bo'lishi mumkin edi. Biroq penaltidan Insine 5-golni kiritgan vaziyatda u ham hech nima qilolmadi. "Fiorentina" shu kuni xuddi maydonda bo'lmagandek tasavvur uyg'otdi. Natijada, zaxiradan o'yinga qo'shilgan Politano ajoyib reyddan so'ng darvoza burchagini aniq nishonga oldi va yakuniy hisob o'ta yirik ko'rinish olishini taminladi.


"Krotone" "Benevento"dan ustunroq

"Krotone" bu o'yindan avval oxirgi pog'onani band etib turgandi. Lekin "akulalar" shu qadar kuchsiz deyishga til bormaydi. So'zimiz isboti sifatida 4-daqiqada Rispoli yaxshi uzatmani amalga oshirdi va Glik Nvankvo bilan kurashda to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi. "Benevento" hisobni tenglashtirish uchun astoydil harakat qildi va zarbalar berdi. Lekin ana o'sha zarbalarga aniqlik etishmasdi. "Krotone" esa o'z imkoniyatidan yana bir bor foydalana oldi. Nvankvo boshlagan ajoyib kombinaciyani uning o'zi tamomlashi bilan yakun topdi. Tanaffusgacha "Benevento" nima qilsa ham omadi chopmasdi, zarba qovushganda ham darvozabon ishonchli harakat qildi.

Ikkinchi bo'limda "Krotone" uzoq cho'zib o'tirmay, hisob yirik ko'rinish olishini taminladi. River qanotda himoyachilarni dog'da qoldirdi va jarima maydonidagi Nvankvoni ko'rdi, hujumchi esa raqiblaridan epchilroq harakat qilib maqsadiga etdi. SHu tariqa, "akulalar" hujumchisi A Seriyada 6-golini nishonladi. Oradan 10 daqiqa o'tgach, Nvankvoning uzatmasidan keyin Vulich qulay imkoniyatga ega bo'ldi va to'pni uzoq burchakka yo'lladi. "Benevento" esa faqatgina bitta gol bilan javob berishga kuch topdi. Falke uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo'lladi hamda to'p darvozaning "to'qqizligiga" kirib ketdi. G'alaba qozongan bo'lsa-da, "Krotone" hozircha oxirgi o'rinda qolmoqda.


"Milan" etakchilikni saqlab qolmoqda

"Rossoneri" "Inter" bu turda g'alaba qozonganini bilib o'ynardi va xatoga yo'l qo'ymasligi juda muhim edi. Agar 5-daqiqadayoq nisbatan oddiy vaziyatda CHepitelli jarima maydoni ichida Ibragimovichni turtib yubormaganida o'yin qanday bo'lishi endi barcha uchun sir bo'lib qoladi. Ammo penalti belgilandi va Zlatanning o'zi imkoniyatdan unumli foydalandi. "Milan" gol urib olganiga qaramay, hujum qilishdan to'xtamadi va yana raqib darvozasini ishg'ol qilish niyatida edi. Ayniqsa Kalabriyaning urinishi yaxshi chiqdi, lekin darvoza ustuni to'pni o'ziga qabul qildi. "Kalyari" esa deyarli hujumga o'tmasdi va Donnarummani bezovta qilmasdi.

Ikkinchi bo'lim esa birinchisi kabi boshlandi. Oradan 5 daqiqa o'tgach, "Milan" yana gol urdi. Kalabriya to'pni qabul qilib biroz oldinga yurgan bo'ldi va Ibragimovichga ajoyib tarzda to'pni etkazdi. Endigina safga qaytgan shveciyalik futbolchi birinchi urinishda to'pni to'xtatdi, keyingisi bilan esa Kranoni dog'da qoldirdi. Bundan so'ng "Kalyari"da imkon bo'ldi, lekin Simeone yaqin masofada Donnarummani alday olmadi. Zlatanda xet-trik qayd etish uchun imkon bo'ldi, biroq bu safar Krano uning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. O'yin shu yo'sinda yakunlanadigandek edi. Lekin Salemarkisning chetlatilishi "Kalyari"ga umid bag'ishladi va jamoa hujumga otildi. Vaziyatlarning birida CHerri boshi bilan oradagi farqni qisqartirishi mumkin edi. Biroq to'p darvoza to'riga borib tushishni istamadi va hisob boshqa o'zgarmadi.

SHuningdek, "Atalanta" va "Jenoa" durang o'ynadi, "Sampdoriya" "Udineze"dan kuchliroq chiqdi, "Sassuolo" va "Parma" ham durangga rozi bo'ldi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика