So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Etakchilar ... A Seriya 2-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilar ... A Seriya 2-tur yakunlari

A Seriyaning navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Empoli"ga yutqazib qo'ydi 

Krishtianu Ronalduning jamoani tark etgani qolganlarga tasir qilmay qolmasligi aniq edi. Klubning har bir azosi o'zini ko'rsatish uchun, portugaliyaliksiz ham jamoa etarlicha salohiyatga ega ekanligini isbotlash uchun o'zgacha ishtiyoq bilan harakat qilardi. O'yin startidayoq Keza qanotdan darvoza tomon o'tib bordi va zarba yo'lladi, golkiper uning zarbasini qaytarishni uddaladi. Federiko maydondagi eng faollardan biri edi. Ko'p o'tmay u "Empoli" himoyachilarini osonlik bilan ortda qoldirdi, ammo Vikkario yana ishonchli harakat qildi. Mehmonlar esa 1-hujumdayoq gol urishdi. Jarima maydonidagi talato'pda Mankuzo to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Keza esa shu qadar o'yinga chanqoq ediki, vaziyatlardan birida, sal qolsa, u to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'yishi mumkin edi. Biroq SHensni to'pni darvoza ustidan o'tkazib yuborishni uddaladi.

"Empoli" ko'pchilikni hayratlantirdi. Tanaffusdan keyin birinchi vaziyatni ham mehmonlar yuzaga keltirishdi. Ammo bundan keyin "Yuventus" o'ziga keldi va raqib darvozasiga xavf sola boshladi. Muammo shunda ediki, vaziyatlar jamoaviy harakatlar emas, individual mahorat evaziga yaratilayotgandi. Lekin bu kecha turinliklarga gol urish nasib qilmadi. "Empoli" sensacion g'alabani qo'lga kiritdi, "Yuventus" esa katta muammolarga duch kelgan. Jamoa 52 yil ichida 3-marta mavsumni g'alabasiz 2 o'yin bilan boshladi va qatorasiga 16 uchrashuvdan buyon gol o'tkazmoqda. Ha, Allegri jamoalari ko'pincha mavsumni muvaffaqiyatli boshlay olmaydi, ammo bu vaziyatda chindan jamoa qaysi yo'nalishda ketayotganligini tahlil qilish zarur.


"Inter" mehmonda "Verona"ni engdi

"Inter" 1-tur o'yinini juda ishonchli o'tkazdi. Lautaro o'yin startidayoq gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, ammo golkiper katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarishga erishdi. "Negadir "neradzuri" o'yin tempigi tushirib yubordi va Di Franchesko shogirdlarining mustahkam himoyasidan o'tolmasdi. "Verona" Xandanovichning xatosidan keyin Ilich osonlik bilan to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'ydi. "Inter" qolgan vaqt davomida raqib himoyasiga bosim o'tkazgani bilan tanaffusgacha hech nima qila olmadi.

Ikkinchi bo'lim esa amaldagi chempion golidan boshlandi. To'p yon chiziqdan tashlangandan keyin Jeko faollik ko'rsatdi, to'p esa Lautaroga kelib tushdi, argentinalik esa uni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Bir qarashda, "Inter" raqibini butkul "tinchitish" uchun oldinga boradigandek edi. Ammo amalda uchrashuv tempi tushib, sokinlashib qoldi. O'yin so'nggi daqiqalarda yana jonlandi. Avvaliga Lautaro yana to'p yon chiziqdan tashlangandan so'ng, gol urishi mumkin edi, ammo mo'ljalda adashdi. Keyin o'yinchi alishtirishlar ish berdi. Vidal qanotdan hujumni rivojlantirdi, u erdan Darmian uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, Korrea "Inter" safidagi birinchi golini boshi bilan urdi. So'nggi shturmga "mastiflar"da kuch qolmagandi, Korrea esa yana bitta gol urdi. Barellaning uzatmasidan keyin yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba bilan darvoza burchagini  Anxel shu tariqa yaqin 10 yilda "Inter" safida dubl bilan debyut qilgan ilk o'yinchiga aylandi.


"Roma" yirik hisobda "Salernitana"ni taslim qildi

Taqvim Joze Mourinyu uchun juda qulay keldi. "Salernitana" 1-turdayoq u qadar xavfli raqib emasligini ko'rsatib bergandi. "Roma" esa safarda o'ynayotganiga qaramay, kim maydonda "mezbonligini" isbotlab qo'ydi. Maydondagilar ichida ayniqsa Vinya ajralib turardi, aynan uning harakatlari Belec darvozasi xavf solinishiga sababchilardan biri bo'ldi, ammo chinakam xavfli vaziyatgacha ish etib bormasdi. "Salernitana" esa birinchi bo'limda deyarli hujumga o'tmadi.

Tanaffusdan keyin Vinyaning birinchi reydi "jalorossi"ning goli bilan yakunlandi. U qanotdan to'pni jarima maydoni ichidagi Pellegriniga etkazdi, rimliklar sardori to'pni o'ziga o'nglab, ikkinchi harakat bilan darvozani nishonga oldi. "Bo'rilar"ning ikkinchi goli ham o'zini kuttirib qo'ymadi. Mxitaryan yashirin uzatma bilan Veretuni topdi, Jordan esa birgina harakat bilan golkiperni dog'da qoldirdi. Mehmonlar ham o'z navbatida tezkor javob berishlari mumkin edi, lekin Bonaccoli to'pga ko'ngildagidek zarba berolmadi. "Roma" esa hujum qilishda davom etardi. Abraxam va Veretu gol urishiga esa Belec yo'l qo'ymasdi. Biroq uzoq vaqt posbon jamoasini qutqaraverishi qiyin edi. Qulay nuqtada to'pni qabul qilgan Abraxam aylanma zarba bilan A Seriyadagi birinchi golini urdi. SHunda ham Mourinyu shogirdlari to'xtash niyati yo'q edi, Veretu bu safar assistent rolida xizmat qildi. Pellegrini esa jarima maydoni tashqarisidan darvoza to'qqizligini aniq nishonga oldi. "Roma" chempionatni ajoyib boshladi, Salerno jamoasini esa og'ir mavsum kutib turibdi chog'i.


"Napoli" Genuyada g'alabani ilib ketdi

"Jenoa" 1-turda ochiqchasiga yomon o'yin ko'rsatgandi, ammo bu safar "Napoli"ga qarshi jamoa jiddiy tayyorgarlik bilan tushib keldi. Ruisning uzatmasidan keyin Insine ustunni nishonga oldi, keyin esa "Napoli" sardori o'tkir burchakdan darvozabon turgan nuqtaga to'pni yo'lladi. Bo'lim davomida barchasi golga qarab ketayotgandi va u yuzaga keldi. Politano to'pni Ruisga tashlab berdi, birinchi harakatda to'pni o'ziga o'nglagan ispaniyalik futbolchi ikkinchi teginishi bilan uni darvozaga yo'lladi.  "Napoli" bu goldan keyin tinchlandi, "Jenoa" esa raqib darvozasiga chinakamiga tahdid sololmasdi.

Tanaffusdan keyin "grifonlar" ishga jiddiyroq kirishishdi. Jamoa ishonch bilan oldinga borar va vaziyatlar yaratishni boshlab yuborgandi. "Napoli" esa charchab qolgandek tasavvur uyg'otdi. "Grifonlar" gol ham urishdi, ammo hakam darvozabonga hujum deb topib, uni bekor qildi. "Jenoa" oxir-oqibat niyatiga etdi. Kambyasso Gilonening uzatmasidan keyin to'pga ko'ngildagidek zarba bera oldi va hisobni tenglashtirdi. Butun taym "uyquda qolgan" "Napoli" bu goldan keyin "uyg'onib ketdi". Natijada, Ruyning jarima zarbasidan uzatgan to'pini Petanya darvozaga to'g'rilab yubora oldi va yakuniy hisobni o'rnatdi. "Napoli" ham tanaffusga ochko yo'qotmay yo'l olmoqda.


"Milan" "Kalyari"ni yirik hisobda taslim qildi

1-turda "rossoneri" u qadar ishonchli o'yin ko'rsata olmadi. Uy o'yinida esa Leao darhol oldinga tashlandi, Leao 1-1 vaziyatga chiqib bordi, biroq zarbani cho'zib yuborgani uchun himoyachi raqibiga etib oldi. Tonalli esa jarima zarbasidan darvoza to'qqizligini nishonga oldi va "Milan" safidagi ilk golini nishonladi. Oradan bor yo'g'i 3 daqiqa o'tib, "Kalyari" javob golini urdi. Joao Pedroning uzatmasidan keyin Deyola hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Bu safar ham muxlislar keyingi golni uzoq kutishmadi. Yana 2 daqiqa o'tib, Leaoning zarbasidan keyin to'p rikoshetdan keyin darvozaga borib tushdi. "Milan" "Kalyari" himoyasining zaif nuqtalarini sezib qoldi va yanada katta kuch bilan oldinga bordi. Bir necha daqiqa o'tib, Dias to'pni Jiruga oshirdi, Olivening uzoq burchakka yo'llagan zarbasi chempionatdagi yana bir debyut golga aylandi. "Milan" shu bilan to'xtamadi, penaltidan yana Jiru gol urdi.

Tanaffusdan keyin maydonda barcha barchasini tushunib turardi. "Kalyari" standartlardan keyin bir nechta xavfli vaziyatga ega bo'ldi, "Milan" esa g'alabani naqd qilgach, kuchini ayab harakat qila boshladi. Natijada, Pioli jamoasi ikkinchi g'alabani qo'lga kiritdi va yangi futbolchilar o'yinidan qoniqish hosil qilishi mumkin. "Kalyari"ning ishlari u qadar yaxshi emas va yangi futbolchilar kelsa, zarar qilmasdi.

SHuningdek, "Atalanta" "Bolonya" bilan durang o'ynadi, "Lacio" "Speciya"ni, "Udineze" esa "Veneciya"ni taslim qildi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика