Estoniya kubogida 26:0 hisobi qayd etildi. O'zbekistonlik futbolchi ikkita gol urdi
21 iyu 2021 12:04
Yangiliklar
Estoniya kubogida 26:0 hisobi qayd etildi. O'zbekistonlik futbolchi ikkita gol urdi
Kecha Estoniya kubogi doirasida bir qator o'yinlar bo'lib o'tdi.
"Tulevik Vilyandi" klubi o'z maydonida "Lelle" klubini qabul qilib 26:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Vilyandi" safida o'zbekistonlik himoyachi Abubakr Mo'ydinov faoliyat olib bormoqda. U kechagi bahsda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Kask va Riiberg esa oltitadan gol urishdi va geksa-trikka erishishdi.
"Tulevik Vilyandi" - "Lelle" 26:0
Gollar: Kask 3, 63, 65, 67, 80, 83, ABUBAKR MO'YDINOV 6, 86, Raudnagel 9 avtogol, Saag 14, 38, 56, Lang 17 penalti, 89, Mets 29, Riiberg 39, 54, 70, 77, 79, 88, Bolaji 45, Petrunin 55, Komissarov 58, 62, 81.
Fikrlar