Espanol futbolchilar va murabbiylar maoshini 70 foizga qisqartirdi
27 mar 2020 22:29
Yangiliklar
Espanol futbolchilar va murabbiylar maoshini 70 foizga qisqartirdi
Ispaniya chempionati bahslari nomalum muaddatga to'xtab qolganligi sababli “Espanol” klubi rahbariyati futbolchilar, murabbiylar va jamoa personallari oylik maoshini 70 foizga qisqartirdi.
“Ushbu holat qo'llangan klubning barcha xodimlariga bu haqda malum qilindi va ular vaziyatn to'g'ri tushunib, bunga hurmat bilan munosabatda bo'lishdi. Qiyin vaziyatda klubdagi holatni tushungan barchaga minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi “Espanol” klubining rasmiy saytida elon qilingan bayonotda.
Ilgariroq “Atletiko” (Bilbao) himoyachisi Yuri Berchiche matbuot anjumanida futbolchilar ixtiyoriy ravishda oylik maoshlarini qamaytirilishiga qarshi emasligini aytgan, ammo klub rahbariyati bunday chora tadbirlarni amalga oshirmasligini malum qilgandi.
Fikrlar