Espanol futbolchilar va murabbiylar maoshini 70 foizga qisqartirdi

27 mar 2020, 22:29
Ispaniya chempionati bahslari noma'lum muaddatga to'xtab qolganligi sababli “Espanol” klubi rahbariyati futbolchilar, murabbiylar va jamoa personallari oylik maoshini 70 foizga qisqartirdi.

“Ushbu holat qo'llangan klubning barcha xodimlariga bu haqda ma'lum qilindi va ular vaziyatn  to'g'ri tushunib, bunga hurmat bilan munosabatda bo'lishdi. Qiyin vaziyatda klubdagi holatni tushungan barchaga minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi “Espanol” klubining rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.

Ilgariroq “Atletiko” (Bilbao) himoyachisi Yuri Berchiche matbuot anjumanida futbolchilar ixtiyoriy ravishda oylik maoshlarini qamaytirilishiga qarshi emasligini aytgan, ammo klub rahbariyati bunday chora tadbirlarni amalga oshirmasligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Эспаньол" клуби расмий сайти