So’nggi yangiliklar

18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 18:16Суперлига. "Андижон" - "Пахтакор". Таркиблар маълум  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  4 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  7 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  3 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  2 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0

Eshmurodov qizil kartochkaga loyiqmidi? Ekspertimiz tomonidan 6-turda hakamlar tomonidan qabul qilingan bahsli qarorlar tahlili Yangiliklar

Eshmurodov qizil kartochkaga loyiqmidi? Ekspertimiz tomonidan 6-turda hakamlar tomonidan qabul qilingan bahsli qarorlar tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref!) Superliganing 6-tur o'yinlaridagi eng bahsli epizodlarni tahlil qildi.

«Navbahor» - «Andijon»

VIDEO

Ushbu vaziyatda qoida chegarasidan chiqmagan holda qattiq to'qnashuv yuz bergan. “Navbahor” futbolchisi hech qanday taqiqlangan harakat amalga oshirilmadi – o'yinchi to'pga o'ynashni istagan holda oyog'ini raqib va koptok qarshisiga tashladi. SHu bilan birga, uning oyog'ida hech qanday hujumkor harakat ko'zga tashlanmaganiga etibor qaratish lozim. O'yinni davom ettirilishi to'g'ri qaror hisoblanadi.  


«Qizilqum» - «Surxon»

VIDEO

Vaziyatni ikki qismga ajratamiz. Ikkinchi qismda darvozaga zarba yo'llangan vaqtda hujumni yakunlagan «Surxon» futbolchisi to'g'ri holatda turgan edi. Birinchi qismda esa mehmonlar yarim maydonidan uzatma amalga oshirilayotgan paytda «Surxon» o'yinchisi ofsaydda edi. O'rtaliqda turgan mehmonlar azosi to'pga tegmasdan oyoqlari orasidan o'tkazib yubordi. Ochig'ini aytganda, yordamchi hakamga buni aniqlash qiyin bo'lgan, bosh hakam esa to'pga teginish yo'qligini takidlab, ushbu holatda yordam berishga majbur bo'lgan. Yakunda VAR vaziyatga to'g'ri holatda aralashdi va golni bekor qildi.  


«Qizilqum» - «Surxon»

VIDEO

Ushbu vaziyatda hakamlar o'yinni davom ettirib to'g'ri ish qildi, chunki futbolchi to'pga o'ynamoqchi edi, biroq kichik masofada sapchish va to'p traektoriyasi murakkabligi uchun koptokni qabul qilishga urinishda to'p maysazordan sakrab, uning qo'liga borib tegdi. VAR epizodga xalaqit bermay to'g'ri ish qilgan.  


«Paxtakor» - «So'g'diyona»

VIDEO

Holat qizil kartochka ko'rsatish uchun arzirli. To'p uchun hech qanday kurash mavjud emas, siltashda raqibning yuziga etibor qaratilgan. Buni tajovuzkor xatti-harakat deb atash mumkin, ammo ayni paytda oq libosdagi futbolchi chetlatilgan o'yinchipa provokaciya qilgani uchun sariq kartochkaga loyiq edi.


«Paxtakor» - «So'g'diyona»

VIDEO

Aytishim mumkinki, Rossiyada hozir bunday vaziyatda aniq penalti qo'yishmaydi. Hujum qilayotgan o'yinchi birinchi bo'lib to'pga tegadi, shundan so'ng to'p himoyachining oyog'iga tegadi. Bu odatiy o'yin holati, hech qanday qoidabuzarlik sodir etilmagan. Hakam o'yinni davom ettirgan bo'lsa, VAR epizodga aralashmasligi kerak edi.


«Olimpik» - «Buxoro»

VIDEO

Hakam qoidani qo'pol ravishda buzgani uchun haqli ravishda “Olimpik” futbolchisini maydondan chetlatdi. O'yinchilar yakkakurashlarda bunday yo'sinda harakat qilishi raqib uchun juda xavfli ekanligini va jiddiy jarohatlarga olib kelishini tushunishlari kerak. Harakatda tezlik mavjud, yakkakurashga kirishning intensivligi yuqori, o'yinchi raqibga butsasining tag qismi bilan tashlangan, uning oyog'i yuqoridan pastga tushgan, jazoni engillashtiruvchi omil yo'q. VAR epizodga xalaqit bermasdan to'g'ri ish qilgan hamda qizil kartochka munosib holda ko'rsatilgan.


«Olimpik» - «Buxoro»

VIDEO

Hakam o'yinni to'g'ri holatda davom ettirdi. Bunday engil kontakt 11 metrli jarima zarbasi belgilash uchun etarli emas. SHuningdek, “Olimpik” o'yinchisining o'zi raqib tomon sakrab, kontaktni oshirib yubordi, himoyachi esa raqibni yiqitish uchun qo'shimcha harakat qilmasdan, to'pga o'ynadi. Hakam yaxshi poziciyani egallagandi, shu bois VAR yordamisiz epizodni to'g'ri baholagan.


«Metallurg» - OKMK

VIDEO

Bahsli vaziyat: bir tomondan, qoidabuzarlik sodir etgan o'yinchining oyog'i erdan baland ko'tarilgan va butsasining tishlari hujum vositasi sifatida namoyon bo'lgan, lekin epizod so'ngida u yakkakurashga kechikkanini anglab, oyoqlarini tortib olgan. SHu sababli, raqibning pastki oyog'i bilan kontakt paydo bo'lgan, bu ham holat natijasini engillashtiradi. Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin, biroq ogohlantirish bilan cheklanish ham mumkin edi, mening nazarimda.


«Metallurg» - OKMK

VIDEO

Gol to'g'ri holatda bekor qilindi, sababi ofsaydda turgan futbolchi darvozabonning to'pga o'ynashiga tasir qiladigan harakat amalga oshiradi. Bu epizodda futbolchi to'p traektoriyasi yo'lida hamda darvozabonga juda yaqin masofada joylashgandi.


«Bunyodkor» - «Nasaf»

VIDEO

Menimcha, hakam «Nasaf» futbolchisini qoidani qo'pol ravishda buzgani uchun to'g'ri holatda maydondan chetlatdi. Mehmonlar o'yinchisi to'pga o'ynashda kech qoldi va raqib to'pig'ining yuqori qismiga oyoqning tag qismi bilan zarba berdi. Butsaning tag qismi bilan tashlanganda, oyoqni sindirishi mumkin. Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin, VAR epizodga aralashmay, to'g'ri ish qildi.


«Bunyodkor» - «Nasaf»

VIDEO

«Nasaf» futbolchisi chaqqonlik bilan to'pga birinchi bo'lib o'ynagani uchun hakam himoyalanayotgan taraf foydasiga fol qayd etib, to'g'ri harakat amalga oshirdi. SHundan so'ng “Bunyodkor” futbolchisi ehtiyotsizlik tufayli uning oyog'iga yuzaki zarba berib yuborgan.


SHu tariqa, faqatgina "Paxtakor" foydasiga penalti belgilangan epizodda qo'pol xatoga yo'l qo'yilgan. Ekspertimiz fikricha, Sanjar Tursunovning chetlatilishi bilan bog'liq vaziyatda hakam faqat ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin edi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика