Eshli Yang "Aston Villa"ga qaytdi
18 iyu 2021 07:28
Yangiliklar
Bu haqda Birmingem klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. U oldin o'ynagan klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
35 yoshli Yang 2020/21 yilgi mavsum "Inter" safida 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Yang "Aston Villa"da 2007-2011 yillarda o'ynagan. SHundan so'ng u "Manchester Yunayted"ga o'tgan, 2020 yilda esa "Inter" o'yinchisiga aylangan edi.
Fikrlar