Eshitdik-da. Pro-liga o'yinlari mart oyida boshlanadi
13 fev 2018 15:29
Yangiliklar
Eshitdik-da. Pro-liga o'yinlari mart oyida boshlanadi
Yaqinda super liga ishtirokchilari va uning qachon boshlanishi yuzasidan bir to'xtamga kelingandi.
Endi navbat pro-liga musobaqasiga kelgandi. Aytishlaricha quyi liga o'yinlari ham bahorning ilk oyidayoq boshlanadi. Bungacha pro-ligaga aprel oyida start berilardi. Mavsum-2018 da pro-liga 15 martdan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Mazkur chempionatda 16ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Jamoalar nomi hozircha aniq emas.
Ushbu haftadan O'FAning maxsus ishchi guruhi viloyatlarga safar uyushtirib, pro-ligada o'ynashi kutilayotgan jamoalarning bugungi xolati va ularning tashkiliy ishlari bilan yaqindan tanishadi. So'ngra yakuniy qarorga kelinadi va yaqin orada qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar