So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Eshitdikda: "Bunyodkor" Kumikovga qiziqish bildirgan, Qosimovga esa... Yangiliklar

Eshitdikda: "Bunyodkor" Kumikovga qiziqish bildirgan, Qosimovga esa...

Bugun "Dinamo"ga muhim ikki ochkoni boy bergan "Bunyodkor" yangi mavsumda OCHLda ishtirok eta olmasligi mumkin, agar...

17 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston kubogining finalida jamoa g'alaba qozona olmasa va turnir jadvalida "Neftchi"ni o'zidan o'tkazib yuborsa, shu holat sodir bo'ladi. Sergey Lushan istefoga chiqarilgach, jamoaning ishlari yurishmayapti. Baxtiyor Boboev qo'l ostida jamoa kubok finalida qay holatda bo'lishi va natijaning qanday bo'lishini albatta vaqt ko'rsatadi.

Ammo bugungi o'yindan keyin muxlislar klub rahbariyatidan xafa ekanliklarini yashirib o'tirmayaptilar. Eshitishimizcha, klub Viktor Kumikov nomzodi bilan qiziqqan. Muxlislar kutayotgan Mirjalol Qosimovga esa oliy liganing boshqa bir jamoasi qiziqish bildiryapti. Kuni kecha bo'lib o'tgan "Olmaliq" - "SHo'rtan" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurgan Qosimov, unga "Bunyodkor"dan taklif tushmaganligini aytgan. Bizga malum bo'lishicha, murabbiyga BAA klublaridan biri ham qiziqish bildirmoqda. Ammo uning o'zi biroz dam olishni maqul ko'ryapti.

Kubok finalidan keyin "Bunyodkor" jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi aniq bo'lishi mumkinligi to'g'risida gap so'zlar mavjud. Ammo hozircha faqat gap-so'zlar.
Voqealar rivojini esa kuzatamiz...

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика