So’nggi yangiliklar

11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  0 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  6 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  2 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  1

Eshitdik-da. Yoz faslida Superliganing 4 ta stadioni o'yinlardan mahrum qilinishi mumkin Yangiliklar

Eshitdik-da. Yoz faslida Superliganing 4 ta stadioni o'yinlardan mahrum qilinishi mumkin

PFL yoz oyida kunlar keskin isib ketishini inobatga olib, 15 iyun kuni yakuniga etadigan FIFA kunlaridan keyingi uchrashuvlarni o'tkazishda projektor bo'yicha talabni bajarmagan klublarga nisbatan keskin chora ko'rishni rejalashtirgan.

Manbaning qayd etishicha, PFL o'tgan yilning iyun oyidan boshlab klublar bilan projektor masalasida ishlab keladi va 2021 yilning may oyiga qadar Superliganing barcha klubi bu muammoni bartaraf etishi kerak edi.

SHunga qaramay, “Surxon”, “Qo'qon-1912”, “Mashal” va “Andijon” klublari talabni bajarmagan.

PFL yoz oyida yuqoridagi 4 ta klubning uy uchrashuvlarini bekor qilish yuzasidan O'FAga taklif kiritgan va bosh tashkilot buni maqullagan. Aytilishicha, bu holat stadionga tashrif buyuruvchi futbol muxlislari va maydonda to'p tepadigan futbolchilar sog'lig'i masalasida muhim ahamiyat kasb etadi. PFL qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya ham bu borada o'z xulosasini bergan. Qayd etilishicha, o'tgan yil davomida xohish bo'lsa, barcha klublar projektorni yaxshilab ulgurishi kerak edi. Ammo ular na o'z futbolchilarini va na muxlislarini o'ylamoqda.

2022 yilgi mavsumdan boshlab esa Superliganing barcha klubi sifatli projektorga ega bo'lishi shart, bu PFL rejasidan joy olgan. Bu talabni bajarmagan klublarga nafaqat yoz, balki bahordan boshlab uy uchrashuvlarini o'tkazish taqiqlanadi. 2022 yilning ikkinchi yarmiga qadar esa Pro liga stadionlarida ham yoritish uskunalari yaxshilanadi.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика