Eshitdik-da! Viktor Kumikov "Andijon"ga qaytmoqda. Jamoaga uch nafar legioner ham keladi
27 iyu 2021 08:04
Yangiliklar
Eshitdik-da! Viktor Kumikov "Andijon"ga qaytmoqda. Jamoaga uch nafar legioner ham keladi
Muborakning "Mashal", Qarshining "Nasaf" va Olmaliqning AGMK klublari orqali o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan rossiyalik mutaxassis Viktor Balyutovich Kumikov yana "Andijon"ga qaytmoqda.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Kumikov tez orada "Andijon" bosh murabbiyi sifatida tayinlanadi.
Bundan tashqari jamoaga uch nafar belaruslik legioner futbolchilar kelishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kumikov 2020 yilning may oyida "Andijon"ga bosh murabbiy etib tayinlan edi, o'sha yilning sentyabr oyida esa istefoga chiqarilgandi.
Fikrlar