So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  11 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

Eshitdik-da: O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi Yangiliklar

Eshitdik-da: O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi o'yin oldidan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgan.

Eshitishimizga qaraganda, O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida qo'shni Qirg'iziston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib olgan. O'yin 9 noyabr kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, noyabrda FIFA kunlari doirasida O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda ikkita rasmiy o'yin o'tkazadi. Saralash bosqichi doirasida dastlab 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoni mehmon bo'lsa, keyinchalik 19 noyabr kuni Falastinga qarshi o'yin orqali ikkinchi davraga start beriladi.

Ayni paytda terma jamoamiz JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichining "D" guruhida 4-turdan keyin 6 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика