Eshitdik-da! O'zbekiston MTJ martda Albaniya bilan o'ynaydi
11 fev 2023 15:03
Yangiliklar


Eshitdik-da! O'zbekiston MTJ martda Albaniya bilan o'ynaydi
Bizga malum bo'lishicha, Srechko Katanec qo'l ostidagi O'zbekiston termasi 24 mart kuni Albaniya poytaxti Tiranada FIFA reytingida 66-o'rinni egallab turgan Albaniyaga qarshi o'rtoqlik bahsida ishtirok etadi.
Bu bellashuv o'tkazilishi Vikipediyada ham qayd etilgan.
Malumot o'rnida, yanvar oyi boshida Albaniyaga yangi murabbiy tayinlangandi. Bu – "Barselona" sobiq futbolchisi, murabbiylik faoliyatida "Lion" va "Korintians" klublarini boshqargan Silvino. U mamlakat futbol federaciyasidan rasmiy bahslar oldidan o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etib berishni so'ragan, chunki jamoani Evro-2024 saralashida Polsha va CHexiyaga qarshi qiyin o'yinlar kutib turibdi.
Avvalroq milliy termamiz ustozi Katanec Turkiyaga borib, o'zbek klublari o'yinlarini kuzatib borayotgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar