Eshitdik-da! O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan o'ynashi mumkin
26 iyu 2020 17:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/576853_original.jpg)
![](/upload/storage/576853_220.jpg)
Eshitdik-da! O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan o'ynashi mumkin
Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi oktyabr va noyabr oylarida JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlarni o'tkazadi.
4 sentyabr kuni terma jamoamiz Toshkentda Tojikiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar berilgandi. Eshitishimizga qaraganda, terma jamoamiz ushbu bahsdan so'ng Eron bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin. Buning uchun tomonlar bahs o'tadigan kun borasida kelishuvga erishishlari talab etiladi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning fevral oyida Eron terma jamoasida serbiyalik murabbiy Dragan Skochich ish boshlagan edi.
Rasman: O'zbekiston MTJ sentyabrda Tojikiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
"Maqsad bitta: jahon chempionatiga chiqish" - Eron bosh murabbiyi intervyu berdi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar