Eshitdik-da! OFK U-19 Osiyo chempionatini O'zbekistondan olib qo'ymoqchi
16 iyu 2020 16:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581674_original.jpg)
![](/upload/storage/581674_220.jpg)
Eshitdik-da! OFK U-19 Osiyo chempionatini O'zbekistondan olib qo'ymoqchi
Eshitishimizga qaraganda OFK mazkur musobaqani O'zbekistondan olib qo'ymoqchi. Musobaqaning yangi mezboni sifatida Malayziya va Qatar davlatlari ko'rilmoqda. Ushbu musobaqaga 18 iyun kuni qura tashlangandi. O'zbekiston mezbon sifatida "A" guruhidan joy olgan bo'lsa, Qatar va Malayziya "D" guruhidan joy olishgandi.
OFK hozirgi sharoitda O'zbekiston musobaqani yuqori darajada va barcha tibbiyot reglamentlariga mos tarzda o'tkaza olishiga shubha qilmoqda.
Agar ushbu musobaqa O'zbekistondan olib qo'yilsa, bu ikkinchi holat bo'ladi. O'z vaqtida FIFA 2012 yilgi ayollar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionati mezbonligini bizga bergan va keyinroq Yaponiyaga ko'chirgan edi.
Malumot uchun, bir necha kun oldin Malayziyaning New Straits Times nashrida U-19 Osiyo chempionati bu yil bo'lmasligi mumkin degan sarlavhali maqola chiqqandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar