So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

Eshitdik-da. “Neftchi” rahbari istefoga chiqdi Yangiliklar

Eshitdik-da. “Neftchi” rahbari istefoga chiqdi

Teglar :  Neftchi
Superliga ishtirokchisi “Neftchi” jamoasining bu yilgi mavsumda ham ishlari o'zi istaganichalik yurishmayotgani ayni haqiqat.

Farg'onaliklar ortda qolgan 10-turdan so'ng atiga 4 marta durang qayd etib, turnir jadvalida eng so'nggi pog'onani egallab turibdi. Tabiiyki ushbu ko'rsatkich mahalliy ishqibozlarni sira qoniqtirmayapti.

Bunday paytda jamoada o'zgarish bo'lishi tabiiy. Yoki rahbar yoki bosh murabbiy istefoga chiqadi. “Neftchi” o'tgan haftada o'z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilib, yirik (1:4) hisobida imkoniyatni boy bergach, klub rahbariyatida ishlab kelgan Mo'ysinjon Mehmonov istefoga chiqdi. Bu hozircha rasman tasdiqlangani yo'q. 

Murabbiylar shtabida esa hozircha jiddiy o'zgarishlar yo'q. Abdumalik Hakimov, Sergey Kovshov va Xislat CHilmatov faoliyatini davom ettirmoqda. Aytishlaricha murabbiy Bahrom Haydarov avvalroq jamoadan ketishni lozim topgan.

“Neftchi” klubining navbatdagi rahbari kim bo'lishi hozircha aniq emas. Eslatib o'tamiz, 10 may kuni farg'onaliklarni yana bir jiddiy raqib kutib turibdi. CHempionatning 11-turida Abdumalik Hakimov boshqaruvidagi jamoa Qo'qonga safar uyushtiradi.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика