Eshitdik-da! "Neftchi" bosniyalik hujumchini jalb qilmoqchi, ilk taklif rad etildi
01 iyu 2023 13:20
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Neftchi" bosniyalik hujumchini jalb qilmoqchi, ilk taklif rad etildi
"Neftchi" tranfser oynasidan unumli foydalanib, tarkibni kuchaytirmoqchi.
Farg'ona klubi shu maqsadda bosniya va gercegovinalik hujumchi Mirsad Ramichga taklif bilan chiqdi. Ammo ilk taklifga futbolchi tomonidan rad javobi berildi.
30 yoshli Ramich so'nggi mavsumni "Igman" Konich jamoasida o'tkazgan. U faoliyati davomida faqat Bosniya va Gercegovina klublarida harakat qilgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.
Malumotlarga qaraganda, "Neftchi" yana boshqa hujumchilar variantini ko'rib chiqishda davom etadi.
Avvalroq "Neftchi" "Turon" azosi Quvondiq Ro'zievga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar