Eshitdik-da: "Navbahor" - "Paxtakor" o'yinidagi sariqlarni ko'rib chiqishadi
30 sen 2015 11:20
Yangiliklar


Eshitdik-da: "Navbahor" - "Paxtakor" o'yinidagi sariqlarni ko'rib chiqishadi
Natijada bu uch futbolchining hisobidagi sariqlari soni 4taga etgan va "Nasaf" bilan muhim o'yin oldidan ular diskvalifikaciyaga uchradilar.
Mirabror Usmonovning tashabbusi bilan oliy liga - 2015ning ikkinchi davrasida kuzatilayotgan kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'limi shu o'yinga ham to'xtalib o'tmoqchi ekan.
Yodingizda bo'lsa, O'zbekiston milliy terma jamoasi Tojikistonga qarshi uchrashuvda ataylab sariq kartochkalarni olganini payqab qolgan FIFA, keyinchalik o'sha futbolchilarimizni yana bitta turga chetlatgan edi.
Agar voqealar rivoji jiddiy tus olsa, "Navbahor" jamoasiga jarima va futbolchilarini esa yana bir nechta o'yinga diskvalifikaciya kutib turibdi.
22-tur. 20 sentyabr (yakshanba)
Navbahor (Namangan) - Paxtakor (Toshkent) - 0:1. 3683 tomoshabin.
Ogohlantirishlar: O. Valijonov (40), A. Samatov (72), S. SHixov (87), SH. Erkinov (87), D. Jabborov (87) - J. Sohibov (40), K. Maxaradze (83).
87-daqiqada sariq kartochka olgan futbolchilarga qo'shimcha Alisher Samatov ham "Nasaf" bilan bo'lib o'tgan o'yinda maydonga tushmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar