Eshitdik-da. "Nasaf" - "Surxon" o'yiniga Surxondaryodan 5 mingdan ziyod muxlis kelmoqda
09 apr 2023 13:28
Yangiliklar


Eshitdik-da. "Nasaf" - "Surxon" o'yiniga Surxondaryodan 5 mingdan ziyod muxlis kelmoqda
Bugun Coca Cola Superligasi 5-turi doirasida "Nasaf" hamda "Surxon" jamoalari bahsi bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuvni kuzatish uchun Qashqadaryo viloyatidagi stadionga qo'shni Surxondaryodan mehmon jamoani qo'llab-quvvatlash uchun 5 mingdan ziyod futbol muxlislari tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Qarshi" markaziy stadionidagi bahs 18:15da start oladi. Ayni damda "Nasaf" va "Surxon" jamoalari turnir jadvalida bir xil 7tadan ochko to'plagan holda 5 va 6-o'rinlarni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar