Eshitdik-da! "Nasaf" sport direktori ishdan ketdi
22 may 2018 10:40
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Nasaf" sport direktori ishdan ketdi
"Nasaf" klubi rahbariyatida o'zgarishlar davom etadi.
15 may kuni 2012 yildan buyon klubda bosh menedjer lavozimida faoliyat yuritgan SHamil Samigulovich Yarulin o'z arizasiga muvofiq, sog'ligi yomonlashgani tufayli lavozimidan ozod qilingandi.
Bosh homiy - “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyati tomonidan klubga bosh menedjer etib, shu paytgacha “Nasaf” futbol maktabini boshqarib kelgan Sergey Petrovich Kucherenko tayinlangandi.
Eshitishimizga qaraganda, klub sport direktori Vitaliy Ni ham ishdan ketgan. Hozircha bu klub tomonidan rasman tasdiqlanmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar