Eshitdik-da! Jasur Jaloliddinov faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettiradi
04 iyu 2021 13:57
Yangiliklar
Eshitdik-da! Jasur Jaloliddinov faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettiradi
Kecha bo'lib o'tgan "Navbahor" - "Andijon" bahsidan so'ng istedodli futbolchi o'z jamoasini tark etdi.
Xabaringiz bor, kecha Superliganing 12-tur bahsini "Andijon" safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning 90-daqiqasida aynan Jasur Jaloliddinov tomonidan uzatib berilgan to'pni Usmonali Ismonaliev golga aylantirdi.
O'yindan so'ng Jaloliddinov o'zining instagram sahifasi orqali "Andijon" bilan xayrlashganini malum qildi. Bizga etib kelgan xabarga ko'ra, iqtidorli yarim himoyachi faoliyatini ikkinchi davradan boshlab Toshkentning "Lokomotiv" klubida davom ettiradi. Uning "temiryo'lchilar" bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Fikrlar