Eshitdik-da! Igor Sergeevning yangi jamoasi ma'lum

Narzulla Saydullayev
17 fev 2021, 23:40
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev legionerga aylanmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Igor Sergeev tez orada Qozog'istonning "Aktobe" klubi bilan shartnoma tuzadi.

"Aktobe" 1967 yilda tashkil topgan klub. O'z uy o'yinlarini 12 800 tomoshabinga mo'ljallangan "Markaziy" stadionda o'tkazadi. "Aktobe" besh karra Qozog'iston chempioni hisoblanadi. 2021 yilda klub Qozog'iston premer-ligasida ishtirok etadi.

Jamoani ayni paytda belaruslik murabbiy Aleksey Baga boshqarmoqda.

Ma'lumot uchun, o'z vaqtida "Aktobe" safida o'zbekistonlik Aleksandr Geynrix, Timur Kapadze va Marat Bikmaev kabi futbolchilar to'p tepishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia